Abu Jaʼfar Karnabiy
Qiyofa
Abu Jaʼfar Karnabiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiyning yaqin safdoshi. Baʼzi manbalarda Junaydga ustozlik qilgani ham aytilgan. Tasavvufdagi boʻd va qurb haqidagi soʻzlari mashhur. Unga koʻra, boʻd va qurb nisbiy tushunchalar boʻlib, Xudo aslida bandalariga jon tomiridan ham yaqinroqdir.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |