Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy – yirik ilohiyotchi olim, faylasuf. Tus shahri(Xuroson)da 1058-yilda tugʻilgan. Otasi ip yigiruvchilik bilan shugʻullangan. Gʻazzoliy otadan erta yetim qolgan. Otasining doʻsti tarbiya qilgan. Olimning Ahmad ismli ukasi ham boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻazzoliy yoshlikdan ilmga tashna boʻlib ulgʻaydi. Nishopur sh.da ash’ariy ulamo Juvayniy qoʻlida tahsil koʻrdi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bagʻdodda xizmat qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat koʻrsatdi. Ismoiliylar Nizomulmulkni oʻldirganidan soʻng R. haj bahonasida Bagʻdodni tark etib, Damashqda 11 yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk oʻgʻli Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya madrasasida mudarrislik qildi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy asarlari „Tahofut ul-falosifa“ („Faylasuflarni rad etish“), „Kimyoi saodat“ („Saodat kimyosi“), „Ihyo ulum ad-din“ („Diniy ilmlarni tiriltirish“) va b.da R. islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan. Anʼanaviy sunniylik aqidalarini soʻfiylik ideallari bilan birga qoʻshib talqin etgan. Inson iroda erkinligi va ilohiy taqtsir masalalarini koʻrib chiqib, „kasb“ („oʻzlashtirish“) gʻoyasini oldinga surgan. R.ga koʻra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan oʻziga maqbulini tanlab olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qoʻyilishi (taqdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning oʻzi mas’uldir. Bir necha asarlarida Gʻarb musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va boshqalar) bilan olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi, ruhning oʻlmasligi muammolari, sababiyat nazariyasi va hokazo boʻyicha bahs yuritgan.Islom tafakkuri va oʻrta asr Yevropa falsafasiga barakali taʼsir koʻrsatgan. Zamondoshlari tomonidan „Hujjat ul-islom“ („Islom dalili“) deb ulugʻlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.