Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-Gʻarnotiy
Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad Ibn Yusuf Ibn Ali al-Gʻarnotiy (1256—1334) — tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning 10 dan koʻprogʻi bizgacha yetib kelgan. „Kitob ulmubayyin fi tarix il-Andalus“ („Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob“), „Zahr ul-mulk fi taharrurit turk“ („Turk ozodligi chechagi“), „Kitob ul-idrok li lison il-atrok“ („Turkiy tillarni bilish kitobi“), „Kitob ulafʼol fi lisonit turk“ („Turk tilidagi feʼllar kitobi“), Mantiq ul-furs li lison il-furs" („Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida soʻzlar“), „Hyp ul-gʻabash fi lison il-habash“ („Habash tilidagi qorongʻuliklarni yorituvchi nur“), „Ad-durrat ul-muziʼa fi lugʻatit turkiya“ („Turkiy til haqida nur beruvchi marvarid“) kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpgina turkiy lahja va shevalar haqida maʼlumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |