Kontent qismiga oʻtish

Abu Hanifa Dinavariy Ahmad ibn Dovud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hanifa Dinavariy Ahmad ibn Dovud (taxminan 815 — Eron, Di-novar sh.— 895) — tarixchi, tilshunos, botanik (xashshob) olim. A. H. D. geogr., astronomiya va matematika bilan ham shugʻullangan. Uning bizgacha yetib kelgan tarixiy asari "Kitob axborit-tivol" ("Uzun hikoyalar kitobi")dir. Unda umumjahon va Eron tarixi (637 yildan 9-asrgacha) ga oid muhim ma’lumotlar bor. Sharqshunos V. F. Gir-gas tomonidan 1888-yilda rus tilida nashr etilgan. A H. D. "Kitob ushshi’r vash-shu’aro" ("She’r va shoirlar haqida ki-tob") va "Kitob ul-fasohat" ("Fasohat haqida kitob") kabi asarlar yozgan. Uning "Kitob fin-nabot" ("Oʻsimlik haqida kitob") nomli mashhur asari uzoq vaqtlargacha Sharq botanik va tabiblari uchun qoʻllanma boʻlgan. Asarning bizgacha yetib kelgan ba’zi bir qismlari B. Le-vin tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan (1953). Abjad tartibida yozilgan bu kitobda 482 xil oʻsimlikning hislati bayon qilingan. Myallif har bir oʻsimlikni ta’rif-lashda oʻz zamonasi shoirlarining shu oʻsimlik haqidagi she’rlaridan namunalar ksltirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil