Abu Hajal Muslim ibn Avsaja
Shaxsiy maʼlumotlar | |
---|---|
Vafoti |
milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharra, oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Muhammadning sahobalaridan |
Abu Hajal Muslim ibn Avsaja al-Asadiy (arabcha: أَبُو حَجَل مُسْلِم ٱبْن عَوْسَجَة ٱلْأَسَدِيّ) – islom paygʻambari Muhammadning hamrohi, sahoba. Kufada Muslim ibn Oqilga yordam bergan. Keyinchalik oilasi bilan Husayn ibn Ali qoʻshiniga qoʻshilgan va Karbalo jangida halok boʻlgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻliq ismi Abu Hajal Muslim ibn Avsaja ibn Saʼd ibn Saʼlaba ibn Dudan ibn Asad ibn Xuzayma al-Asadiy. Kunyasi Abu Hajal. Abu Hajal Husayn ibn Alining hamrohi boʻlgan. Muslim ibn Avsaja va Habib ibn Muzohir ham Banu Asad qabilasidan boʻlishgan[2].
Muslim ibn Avsaja Kufada Husayn ibn Alining elchisi Muslim ibn Oqilni qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan. Ubaydulloh ibn Ziyodning qotili Maʼqil Muslim ibn Avsaja orqali Muslim ibn Oqil xavfsizlikda turgan uyni topgan. Unga uyida boshpana bergan Haniy ibn Urva hibsga olingan. Shundan keyin Muslim ibn Oqil qoʻshin tashkil qilish uchun Muslim ibn Avsajani Banu Asad va Madhij qabilalariga qoʻmondon etib tayinlagan. Oradan koʻp oʻtmay, Haniy ibn Urva va Muslim ibn Oqil Ubaydulloh ibn Ziyod tomonidan oʻldirilgan. Muslim ibn Avsaja bir muddat xavfsiz uyda yashiringan. Keyinchalik esa oilasi bilan Karbaloda Husayn ibn Alining qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muslim ibn Avsaja Amr ibn Qartodan oldin Karbalo jangida halok boʻlgan birinchi kishidir[4]. Karbalo jangi vaqtida taxminan 70 yoshlarda boʻlgan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Syed Ghulam Abbas. The Immortal Poetry & Mir Anis: With the Versified Translation of a Marsia of Mir Anis. Majlis-e-Milli, Pakistan, 1983.
- ↑ Samavi, Muhammad. Absar al-Ein fi Ansar al-Husayn. Qom: al-Derasat al-Islamiyya — 108–111-bet. ISBN 964-90575-7-9.
- ↑ Qomi, Abbas. Nafs al-Mahmoom. Qom: al-Maktaba al-Heydariyya.
- ↑ Nafasul Mahmoom. JAC Developer — 275–-bet. GGKEY:RQAZ12CNGF5.
- ↑ Ibn El-Neil. The Truth About Islam. Strategic Book Publishing, 1 November 2008 — 208-bet. ISBN 978-1-60693-259-9.