Kontent qismiga oʻtish

Abu Hafs Kabir koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Hafs Kabir koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Avvalgi nomlari Afrosiyob koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Abu Hafs Kabir

Abu Hafs Kabir (Afrosiyob) koʻchasi — tarixiy shaxs nomidan olingan. Abu Hafs Kabir Buxoriy (767—832) faqih,ilohiyotchi olim, islom huquqshunosligining bilimdonlaridan biri . U Buxoroning „Dari haqrah“ mahallasida tavallud topgan. Abu Hafs Kabir Buxoriy Bagʻdodga borib, fiqhshunos Husayn Shayboniyga shogird turgan. Uning ilohiyot nazariyasi sohasidagi xizmatlari evaziga Buxoro shahri „Qubbat ul-islom“ unvonini olgan[1]. Abu Hanifa taʼlimotini rivojlantirib, sunniy mazhab amaliyotini mahalliy urf-odatlarga moslagan va uygʻunlashtirgan holda uning rivojiga katta hissa qoʻshgan. Abu Hafs Kabir toʻgʻrisida Mu’ini Faqiriyning „Kitobi Mullozoda“, Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Hafs Kabir bir kecha-kunduzda Qur’onni ikki marta xatm qilgan. Abu Hafs Kabir „hojatbaror“ taxallusi bilan ham xalq orasida mashhur boʻlgan. Uning mozori tomonga yoʻnaltirilgan Buxoro shahristoni darvozasi „Haqrah“ deb nomlangan. Abu Hafs Kabirga Buxoro hukmdori Muhammad Tolutning hurmati baland boʻlgan[2].

  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.