Kontent qismiga oʻtish

Abu Hafs Haddod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hafs Haddod (asl ismi Amr bin Salama) — “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Temirchilik qilgani uchun Haddod nomi bilan mashhur boʻlgan. Tasavvuf ilmini Abdulloh bin Mahdiy Bovardiy va Muhammad bin Mansur Tusiydan oʻrgangan. Abu Muhammad Haddod va Abu Usmon Hiriyning ustozi. Ahmad Xizravayh, Boyazid Bistomiy, Junayd Bagʻdodiy, Hamdun Qassor, Abu Jaʼfar Ahmad bin Hamdon, Abu Ali Saqafiy, Ibrohim Nozuvayh, Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvuf tarbiyasida nafs tazkiyasi va goʻzal axloq bilan ziynatlanishga katta ahamiyat qaratgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].

Abu Hafs Haddod 877-yilda Nishopurda vafot etgan.

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.