Abolitsiya
Qiyofa
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Abolitsiya — qonun yoki boshqa huquqiy hujjatni bekor qilish. Rimliklar abolitsiyani uch xil koʻrinishini farqlashgan:
1) abolitio generalis sive publica ya'ni muayyan bayram munosabati bilan yoki ijtimoiy ofat vaqtida mahkumlarni ozod qilishdan iborat boʻlgan;
2) abolito ex lege, yaʼni sudya tomonidan ayblov xujjatida yoʻl qo'yilgan formal xato munosabati bilan berilgan ayblanuvchining iltimosnomasiga koʻra ayblovni bekor qilish;
3) abolito privata, yaʼni xususiy ayblovchi tomonidan rad etishga imkoniyat berilishi.
Keyinchalik abolito specialis (jinoyat sudining harakatini yoʻq qilish) va amnistiya maʼnosidagi abolito generalis (oddiy abolito) farqlana boshlangan.
- ↑ Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi