Abobil
Qiyofa
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e4/Wire_tailed_swallow2_%40kannur.jpg/250px-Wire_tailed_swallow2_%40kannur.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2f/Pied-winged_swallow_%28Hirundo_leucosoma%29.jpg/220px-Pied-winged_swallow_%28Hirundo_leucosoma%29.jpg)
Abobil (arabcha) – qanotlari uzun kichik qush turi[1]. Qur’oni karimning “Fil” surasida abobilga bog‘liq qissa keltirilgan[2]. Diniy manbalarga ko‘ra, Yaman podshohi – Abraha milodiy 570-yilda Ka’bani buzish niyatida Makka tomon qo‘shin tortadi. Shu payt osmonda to‘satdan abobillar paydo bo‘lib, filga mingan Abraha qo‘shini ustiga loydan pishirilgan tosh uloqtirib, son-sanoqsiz qo‘shinni qurt yegan o‘simlik singari ilma-teshik qilib tashlaydi. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida takabbur va xudobexabar hukmdorning taqdiri qanday ayanchli yakun topishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida Abobil bilann bog‘liq qissani dalil sifatida keltiradi:
"Ko‘rki, ne bir lahzada bo‘ldi qatil
Tayri abobil ila as'hobi fil".
(“Hayrat ul-abror”, 20-maqolat)[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |