Abhay charan de
Abxay Charan De (1896-1977) – toʻliq ismi Abxay Charanaravinda Bxaktivedanta Svami Prabxupda, shuningdek Shrila Prabxupa da nomi bilan ham tanilgan.1896-yil 1-sentyabrdaKalkuttada tugʻilgan. Hinduiy-vayshnaviylik diniy arbobi. U 1947-yilda „Veda“ falsafasi bilimdoni sifatida „Bxaktivedanta“ (sanskr. „sodiqlik“, „fidokorona xizmat“) unvoniga sazovor boʻladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga koʻpgina „Veda“ matnlari, jumladan, „Bxagavadgita“ („Xudo qoʻshiqlari“)ni sharxdar bilan tarjima qildi. 1959-yilda63 yoshida dunyodan voz kechishga axd qiladi va Svami („Aql va hissiyotlar egasi“) unvoniga erishadi. 1965-yilda A.Ch. Bxaktivedanta Svami AQSHga koʻchib oʻtdi va „Xalqaro Krishnani anglash jamiyati“ga asos soldi. Budavrda Sharq mistik taʼlimotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targʻib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.