Kontent qismiga oʻtish

Aberratsiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aberratsiya, biologiyada — 1) morfologiya va fiziologiyada — odatdagi tuzilish va funksiyalardan, yaʼni normadan chetga chiqish; 2) genetikada — xromosomalar tuzilishining oʻzgarishi. Aberratsiya tabiiy va eksperimental yoʻllar bilan vujudga keladi. Aberratsiya ikki xil — bitta xromosomada yoki xromosomalararo sodir boʻlishi mumkin. Birinchi holda xromosomaning maʼlum qismi tushib qoladi, juftlanadi yoki ulardagi genlarning joylanish tartibi oʻzgaradi, ikkinchi hodisa nogomologik xromosomalarning maʼlum qismlari oʻzaro oʻrin almashinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil