Abdusalom Hamidov
Qiyofa
Abdusalom Hamidov (1885-yil Buxoro—1940-yil) – kandakor usta. Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Abdusalom Hamidov anʼanaviy naqsh mujassamotiga yangi ramz va ohanglarni olib kirgan: yulduz, gerb, bugʻdoy boshogʻi, gʻoʻza chanogʻi, odam tasvirlari va hokazolar. Abdusalom Hamidov koʻplab shogirdlar tayyorlagan (shogirdlari orasida oʻgʻli Salimjon Hamidov ham bor). Hamidov ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |