Abdurayim Sultonov
Abdurayim Sultonovich Sultonov (1930.15.10, Chimboy 1992.15.9, Nukus) — qoraqalpoq kompozitori va dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1955). Qoraqalpoq teatri bosh dirijyori (1955— 57, 1966—71), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestrining tashkilotchisi va rahbari (1957—63), Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtida direktor muovini (1963 — 66) va oʻqituvchi (1963-yildan), Qoraqalpogʻiston televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1991—92). Simfonik ("Krraqalpoqcha syuita", B.Giyenko bilan hamkorliqda; "Yoshlik") va vokalsimfonik ("Boʻzatov") syuitalar, poemalar, "Qoraqalpoqcha rapsodiya"; shuningdek, "Ravshan" (J.Oymirzayev), "Baxt", "Arular", "Dilbarlar" (S.Xoʻjaniyozov), "Qirli soʻqmoqlar" (T.Seitjonov), "Artist takdiri" (I.Yusupov), "Orol ovozi" (Q. Doʻsanov) kabi spektakllarga yozilgan musiqa va qoʻshiqlar (Ajiniyoz sheʼrlari — "Sevgilim", "Goʻzallar", "Bormikin" va boshqalar) muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1974).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |