Abdurauf Boltayev
Abdurauf Boltayev (1909.2.6, Kattaqoʻrgʻon 1978.6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 yillarda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahri, Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-yildan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi ("Maysaraning ishi"), Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Jiyanboy ("Gʻunchalar"), Umurzoqboy ("Paranji sirlari"), Flores ("Qoʻzibuloq"), Qozi ("Navoiy Astrobodda"), Mulla Kamol ("Nurxon") va boshqa "Opasingillar", "Qutlugʻ qon", "Qalbingda quyosh" filmlari, "Nashtar" satirik kinojurnalining koʻp sonlarida turli rollar ijro etgan. B. kulgili, hajviy rollarda tanilgan. U oʻz kahramonlarining asosiy xususiyatlarini boʻrttirib tasvirlaydi, hajv va kinoya vositalaridan keng foydalangan. B. yaratgan qahramonlar soddaligi va samimiyligi bilan ajralib turgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |