Abdurashid Rahimov
Qiyofa
Abdurashid Moʻminovich Rahimov (1945.10.12, Toshkent) — chitgar, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). Hunarni otasi usta Abdumoʻmindan oʻrgangan. "Metallremont" kombinatida rassom (1962—79). 1977-yildan "Us to" birlashmasida chitgar usta. R. ijodida Toshkent matoga gul bosish maktabi anʼanalarini rivojlantirmoqda, mehnat faoliyatida zamonaviy xom ashyolardan foydalanib anʼanaviy uslubda yangi naqsh (gul) mujassamotlarini qoʻllagan holda asarlar (dasturxon, choyshab va boshqa buyumlar) yaratadi, zamonaviy bichimdagi liboslar uchun gulli matolar tayyorlaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |