Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon Akbar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurahmon Akbar – (1962-yilda tugʻilgan) oʻzbek bolalar shoiri. Toshkent yaqinidagi Niyozbosh qishlogʻida tavallud topgan. 1969-79-yillarda oʻrta maktabni tamomlab, tuman gazetasi muharririyatiga boradi. Ham shoir, ham muallim Obid Rasul rahbarlik qiladigan ''Orzu'' adabiy toʻgaragining mashgʻulotlariga qatnasha boshlaydi. Ilk sheʼri ''Oyijonim yopgan non'' nomi bilan gazetada chop etilgan. 1995-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan.

''Kichkintoy va paxtaoy''

''So‘zlovchi yomg‘ir''

''Ehtiyotkor toshbaqa''

''Yozning tug‘ilgan kuni''

''Kuylayotgan bog‘''

''O‘yinqaroq bulutcha''

''O‘rdakcham''

''Jonli savatcha''

''Uyquchining tushlari''

''Ehtiyotkor toshbaqa'' nomli toʻplami uchun Usmon Nosir nomidagi mukofot bilan taqdirlangan.