Abdurahim Obidov
Abdurahim Obidovich Obidov (1929-yil 15-oktabr Toshkent – 2010-yil) – mikrobiolog, immunolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). Toshkent tibbiot akademiyasini tugatgach (1953), Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi tez yordam stansiyasi bosh vrachi (1953—54), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot institutida katta ilmiy xodim-doktorant (1960—1963yil). Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktori (1963-82), laboratoriya mudiri (1982—83), ayni vaqtda ToshTI mikrobiologiya kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri (1983-yildan). Asosiy ilmiy ishlari mikroblar genetikasi, vaksinalarning inson organizmi himoya omillariga taʼsiri, yuqumli ichak infeksiyalari ekspres diagnostikasi, disbakteriozlarni oʻrganishga oid. Turli ilonlar va qoraqurt zahariga qarshi zardoblar, shuningdek, stafilokokga qarshi gamma-globulin ishlab chiqarishga rahbarlik qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Geneticheskiye rekombinatsii i atipichnie kishechnie bolezni, T., 1971; Kurik-ketsioz v Oʻzbekistone, T., 1975.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |