Abdurahim Nizoriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdurahim Nizoriy (1770, Qashqar – 1848, Turfon) – uygʻur shoiri, xattot. Qashqar hokimi Zuhriddinbek saroyida bosh mirza boʻlgan. Qashqar, Xoʻtan, Uchturfon, Kuchor va Turfon kabi shaharlarda madrasalar qurdirgan, adabiyot, sanʼatga doir asarlarni toʻplagan. Maktab va madrasalar uchun Hofiz va Navoiy asarlari asosida „Xoʻja Hofiz“, „Navoiy“ nomli darsliklar tuzgan (1805). Uygʻur adabiyotida birinchi boʻlib toʻqqiz doston („Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Vomiq va Uzro“, „Chahor darvesh“, „Mahzun va Gulniso“, „Mas’ud va Diloro“, „Robiya va Saʼdin“, „Durr un-najot“, „Malika va shoh“) dan iborat „Muhabbat dostonlari“ turkumini yaratgan. Har bir doston debochasida Navoiy haqida soʻzlab uning dostonlaridan naʼmunalar keltirgan. Ijodiy merosi 20 ga yaqin doston, 80 dan ziyod muhammas (40 tachasi Navoiy gʻazallariga bogʻlangan), bir qancha qissa, qasida va boshqalardan iborat. U Navoiy, Umar Xayyom, Hofiz, Bedil sheʼrlarini, „Shohnoma“ni, „Ming bir kecha“ning 370 dan ortiq hikoyasini uygʻur tiliga tarjima qilgan. Navoiy kulliyotining Abduning shaxsrahim Nizoriy koʻchirgan nodir nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida saqlanadi (inv. № 136).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |