Kontent qismiga oʻtish

Abdurahim Hayit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahim Hayit
ئابدۇرېھىم ھېيىت
Tavalludi 1962-yil 1-iyun
Fuqaroligi Xitoy
Kasbi Uygʻur qoʻshiqchisi

Abdurahim Hayit (uygʻurcha: ئابدۇرېھىم ھېيىت) — uygʻur milliy qoʻshiqchisi va bastakori.

2019-yilning fevral oyida Turkiya hukumatiga qarashli manbalar uning Xitoydagi konslagerda vafot etgani haqida xabar bergan edi. Ammo bu daʼvo Xitoy rasmiylari tomonidan rad etib kelinadi. Bu voqea Xitoy—Turkiya munosabatlarida qisqa muddatli inqirozga olib keldi. 2019-yil iyul oyida Xitoy hukumati uning hibsga olinganini, ammo „sog‘lig‘i yaxshi“ ekanligini tasdiqlaydi. Ko‘p o‘tmay o‘z uyida turk jurnalistlari tomonidan intervyu olinadi, biroq Abdurahim Hayit oʻshandan buyon ommaga hech qanday ko‘rinish bergani yoʻq. 2021-yil iyul oyidan keyingi davrda uning ahvoli qandayligi nomaʼlumligicha qolyapti.

Abdurahim ikki torli anʼanaviy cholgʻu dutor orqali ijro qilgan qoʻshiqlari bilan mashhur. U Pekinda musiqa akademiyasida tahsil olgan va Xitoyda milliy sanʼat guruhlari bilan chiqish qilib kelar edi. Turkiya tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Abdurahimni „ulugʻ shoir“ deb taʼriflagan[1][2]. 2017-yilning mart oyida yosh avlodni ota-bobolarini hurmat qilishga chaqiruvchi va „urush shahidlari“ga ishora qiluvchi anʼanaviy uygʻur sheʼriga asoslangan „Otalar“ qoʻshigʻini ijro etganidan soʻng hibsga olinib, qamoqqa tashlangan. Baʼzi xabarlarga koʻra, u sakkiz yillik qamoq jazosini o‘tashga hukm qilingan[1][3][4].

Oʻlim xabari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab turk OAVlari uning 2019-yil 9-fevral kuni Urumchidagi hibsxonada qiynoqlardan so‘ng vafot etgani haqidagi xabarlarni eʼlon qilgan. Xabarda aytilishicha, u sakkiz yillik qamoq jazosi bilan qamoqxonada saqlanayotgan edi. O‘limi rasman tasdiqlanmadi, biroq bu xabarlar Turkiya Tashqi ishlar vazirligining Xitoyning Shinjon viloyatidagi etnik uyg‘urlarga nisbatan munosabatiga eʼtiroz bildirishi, ularni „insoniyat uchun katta sharmandalik“ deya taʼriflashi va „xitoyliklarning tizimli assimilyatsiya siyosatini“ olib borishda ayblashiga sabab boʻlgan edi. Tashqi ishlar vazirligining bayonotida: „Hukumatning uygʻur turklariga qarshi harakati insoniyat uchun katta sharmandalikdir“, deyiladi[1][2]. Bu voqea Xitoy—Turkiya munosabatlarida qisqa muddatli inqirozga olib keldi. Xitoy tomoni Turkiyaning ayblovlarini „qabul qilib boʻlmaydi“ deb javob berdi[1]. Turkiyaning bayonotidan tashqari, koʻplab musulmon davlatlarining jamoatchiligi tomonidan ham bu voqea qoralangan. Biroq bu davlatlarning hukumatlari hech qanday rasmiy reaksiya bildirmagan. Tahlilchilarning fikricha, ularning jimligiga sabab iqtisodiy va siyosiy oqibatlardan qoʻrqish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[1].

2019-yil 10-fevral kuni Xitoy davlatiga qarashli matbuot xizmati Abdurahimning tirik ekanligini isbotlovchi video rolik eʼlon qiladi, unda Abdurahimga oʻxshaydigan bir erkak „salomatligi yaxshi“ ekanligini va „milliy qonunlarni buzganlikda ayblanib, tergov qilinayotganini“ aytib oʻtadi. AQShda joylashgan va NED tomonidan moliyalashtirilgan „Uygʻurlarrning insoniy huquqlari loyihasi“ xalqaro matbuot tomonidan „tasdiqlanmagan“ deb atalgan bu videoning haqiqiyligini shubha ostiga olgan[5][6][7].

Kornel universitetining Antropologiya va Osiyo tadqiqotlari kafedrasi dotsenti Magnus Fiskesjoning taʼkidlashicha, bu video yozuv bir ssenariyga oʻxshaydi va unda shaxsga tahdid qilingan yoki qiynoqqa solingan holatlar mavjudligi borasidagi alomatlar mavjudligini taʼkidlab keladi[8].

2019-yilning 2-iyulida Xitoy hukumati Hayitning „milliy xavfsizlikka tahdid solganlikda gumonlanib hibsga olingani“, ammo „salomatligi yaxshi“ligi toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi[9].

Ozod qilinishi va gʻoyib boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 25-iyul kuni Turkiyaning „Aydınlık“ gazetasi Hayit bilan Urumchidagi uyida intervyu oldi. Bu intervyuda Abdurahim Hayit uy qamog‘ida ekanligini maʼlum qilgan[10].

Biroq, 2019-yil oktabr oyidan beri uning qayerdaligi va ahvoli qay darajada ekanligi yana nomaʼlumligicha qolmoqda va oʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi[11][12].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Turkey demands China close camps after reports of musicianʼs death“, BBC News, 10 February 2019.
  2. 2,0 2,1 „Chinaʼs treatment of Uighurs is 'embarrassment for humanity', says Turkey“, The Guardian, 10 February 2019.
  3. „Prominent Uyghur Musician Arrested Amid Ideological Purge in Xinjiang“ (en). Radio Free Asia. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  4. „Five Fingers Crush The Land : Throughline“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  5. „Abdurehim Heyit Chinese video 'disproves Uighur musicianʼs death'“, BBC News, 10 February 2019.
  6. Welle (www.dw.com). „China releases video of Uighur musician to 'disprove his death' | DW | 11.02.2019“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  7. „China releases video of ‘dead’ Uygur poet but fails to silence critics“ (en). South China Morning Post (2019-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  8. Erin Handley, Michael Li, „'Dead' Uyghur poet Abdurehim Heyit appears on Chinese state media, says heʼs 'never been abused'“, ABC News, 11 February 2019.
  9. „What's False and What's True on China-related Human Rights Matters“. www.fmprc.gov.cn. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  10. „Aydınlık, 'Öldürüldü' denilen ünlü Uygur ozan Abdurrehim Heyit ile görüştü“ (2019-yil 25-iyul). 2019-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyul.
  11. „Aburehim Heyit“ (en-US). World Uyghur Congress. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  12. Raghav. „Abdurehim Heyit is the Uyghur Bob Dylan. The Chinese government disappeared him“ (en-US). SupChina (2019-yil 5-oktyabr). 2022-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.