Abduqodir Murodov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abduqodir Murodov (1893 – Toshkent – 1974.6.3) – xattot, sharqshunos olim. Abulqosim madrasasida tahsil koʻrgan (1907—17). Dastlab oʻqituvchi, keyin Oʻzdavnashrda xattot boʻlib ishlagan. Navoiy yubileyi qoʻmitasida ilmiy xodim (1940—42), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1944-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, xattot boʻlib ishlagan. Institut fondidagi qoʻlyozmalarni oʻrganish, tartibga keltirish, muallifi va kotibini aniqlashda katta xizmat qilgan, institut fondidagi qoʻlyozmalarga mualliflar katalogini tuzgan. 30 ga yaqin kitob koʻchirgan. Arab tilidan Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ (1—3jildlar)ni, arab adabiyotidan namunalar, Yoqut Hamaviyning „Muʼjam ul-buldon“ („Mamlakatlar lugʻati“) asarining Oʻrta Osiyo tarixi va geografiyasiga oid qismini tarjima qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |