Kontent qismiga oʻtish

Abduqayum Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abduqayum Azimov (1945-yil Toshkentda tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, arabshunos, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. ToshDU sharq fakultetining 1968-yilgi bitiruvchisi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti sobiq rektori (1997—2007-yillar)[manba kerak].

Yaman Arab Respublikasida arab tili tarjimoni (1968—1970); ToshDU sharq fakulteti arab filologiyasi kafedrasida, keyinchalik fakultet negizida tashkil topgan ToshDSHI Tarix fakulteti islomshunoslik kafedrasida oʻqituvchi (1970), katta oʻqituvchi va dotsent (1992); shu orada 1972—1974-yillarda armiya xizmati; 1975—1978 va 1982—1984-yillarda arab mamlakatlarida tarjimonlik, referentlik; Hozir nafaqada[1].

Ilmiy yoʻnalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomshunoslik va jamiyatshunoslik. U bir monografiya, 3 ta risola, 5 ta maqola va 3 ta metodik qoʻllanma muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Yaqin Sharq xalqlari milliy ozodlik kurashida islomning oʻrni“. — Toshkent, 1987.
  1. Arab sharqi mamlakatlarida milliy-ozodlik harakatining xususiyatlari. — Toshkent, 1986. — 52 b.[1]
  2. Islom va hozirgi zamon. — Toshkent, 1991. — 121 b.[1]
  3. Arab dialogik nutqini oʻstirish uchun metodik koʻrsatma. — Toshkent: ToshDU, 1992. 4. Islomda ayol masalasi // Saodat. — Toshkent, 1994. — № 4.[1]
  4. Sunniy aqida va vahhobiylik. — Toshkent, 1999. — 52 b.[1]
  5. Diniy ekstremizm taʼlimoti. — Toshkent, 1999. — 16 s.[1]
  6. Al-Moturidiy va islomiy eʼtiqod // Sharq mashʼali. — Toshkent, 2000. — № 1 — 2. — B.14 — 17. — hammualliflikda.[1]
  7. Saudovskaya Araviya i yeyo vnutrennyaya politika // Mayak Vostoka. — Tashkent, 2000. — № 6. — 2 s.[1]
  1. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi
  • Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 215—218-bet. [1]