Abdulvose' Jabaliy
Abdulvose' Jabaliy Badiuzzamon Fariduddin ibn Umar ibn Rabe' - (vaf. 555 h.q./1160 m., Gʻazna) zullisonayn shoir. Dastlabki taʼlimni Hirotda olib, soʻng Marv va Gʻazna shaharlarida yashab, ijod qilgan. Muhammad Аvfiy Buxoroiyning yozishicha, Abdulvose' Jabaliygacha barcha shoirlar asosan bir tilda ijod qilganlar. Abdulvose' Jabaliy arab va fors tillarida baravar ijod qilib, zullisonaynlik anʼanasiga poydevor qoʻydi.
Lirik merosidan iborat devonidan tashqari bizgacha nasriy risola va maktublari ham yetib kelgan. Jomiy “Bahoriston”[1] asarida Abdulvose' Jabaliy ijodiga yuqori baho berib, “Ki dorad chun tu maʼshuqe nigori chobuki dilbar” misrasi bilan boshlanadigan gʻazaliga shu paytgacha yozilgan nazira va tatabbuʼlarning birortasi muvaffaqiyatli chiqmagan, deydi. “Xazoyin ul-maoniy” devonida Abdulvose' Jabaliy yozgan ushbu gʻazalining turkiy varianti keltirilgan:
Ne loʻliyvashdur ul qotilki, qon toʻkmakkadur yaksar
Qiyo boqmoqlari poki itik, mujgonlari-nishtar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |