Abdulvahob Suhoiy
Qiyofa
Abdulvahob Suhoiy (15-asr) — xurosonlik forsiynavis shoir, Shayxim Suhayliyning xolavachchasi. Nomi "Majolis un-nafois"ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sipohisheva yigitligi, "Abdolnoma" asarini yozgani, lekin uni koʻrmaganligi haqida maʼlumot beradi. „Majolis un-nafois“da uning birovning koʻzi ogʻriganda yozgan quyidagi bayti keltirilgan:
Doshtam az chashmi bemorash ba dil sad guna dard,
To ba chashmi xud nadid on dardro bovar nakard.
(Mazmuni: Bemor koʻzlaridan dilimda yuz xil alam, dard bor edi, (lekin u to) oʻz koʻzi bilan koʻrmaguncha, bu alamga ishonmadi)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |