Abdulqodir an-Navqadiy
Abdulqodir an-Navqadiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1133-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis |
Abdulqodir an-Navqadiy (arabcha: عبد القادر النوقدي— Abu al-Fazoil Abdulqodir ibn Abdulxoliq ibn Abdurrahmon ibn Kosim ibn Fazl ibn Abdurrahim ibn Hasan ibn Rabiʼ an-Navqadiy) — Muhaddis. Abdulqodir an-Navqadiy 450/1058 yili Baroat kechasida Nasafga qarashli Navqad qishlogʻida tavallud topgan. U dastlabki taʼlimni oʻz qishlogʻida olgan[1].
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik Abdulqodir an-Navqadiy ilmi maʼrifat talabida Buxoroga soʻngra Makka shaharlariga borgan. Buxoroga bogan paytida muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Haydara al-Jaʼfariydan, Makka shahrida esa Abu Abdulloh Hasan ibn Ali at-Tabariydan hadislar eshitgan va yozib olgan.
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulqodir an-Navqadiydan Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulqodir an-Navqadiy 527/1133 yili vafot etgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |