Abdulloh ibn Savfon
Abdulloh ibn Savfon | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 692-yil (hijriy 73-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tobeʼin |
Abdulloh ibn Savfon (arabcha: عبد الله بن صفوان – Abu Safvon Abdulloh ibn Savfon ibn Umayya ibn Xalaf al-Jumahiy al-Qurashiy) – tobeʼin.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paygʻambar hayotlik chogʻlarida tugʻilgan boʻlsa-da, yoshi kichik boʻlgani uchun sahobalik martabasiga yetisha olmagan. Faqat makkalik tobeʼinlarning birinchi tabaqasidan oʻrin egallagan. Otasi va bobosi kabi u ham qurayshiylarning martabali shaxslaridan hisoblanib, Makkaning boy va nufuzli oilasiga mansub boʻlgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saxiyligi va yuksak zakovati bilan tanilgan Abdulloh ibn Savfon xilofat daʼvosida Abdulloh ibn Zubayrning sodiq tarafdorlaridan edi. Ibn Zubayr va boshqalar Kaʼbada qamal qilinganlarida, Hajjoj tomonidan unga berilgan omonlikni qabul qilmaydi. Oxir-oqibat, Ibn Zubayr va bir qancha tarafdorlari bilan birga Abdulloh ibn Savfonning ham boshi kesilib, shahid qilingan. Boshlari avval Madinaga, u yerdan Shomga Abdulmalik ibn Marvonga joʻnatiladi.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Safvon ibn Umayya, Umar, Hafsa, Ummu Salama va Abdulloh ibn Amr kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Hadis kitoblarida Abdulloh ibn Savfondan rivoyat qilingan „Kaʼbaga qarshi urush eʼlon qilgan harbiy jamoaning choʻlda halok boʻlishi“ haqidagi yagona matn borligi aytiladi[1][2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. – Haydarobod: 1941-60. V, 118-120;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sagʻӣr. – Qohira: 1976-77. I, 142-143, 153, 162, 163;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. – Qohira: 1328. II, 333-334;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1285-87. III, 185;
- Az-Zahabiy. Siyar. IV, 150-151;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. III, 60;
- Ali Yardim. „Abdullah b. Safvân“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 131.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Imom Muslim. „Fitan“ — 4, 6, 7-bet.
- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |