Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti
Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Abdulloh ibn Ravoha | Nomaʼlum | ||||||
Kuchlar | |||||||
30[8] | 30 | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
1 kishi yaralangan | 29 kishi oʻldirilgan (1 kishi qochib ketgan)[5][6][7][9] |
Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti (arabcha: سرية عبد الله بن رواحة) milodiy 628-yil fevralda sodir boʻlgan[10].
Suiqasd muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Ibn Rizom va uning 29 nafar izdoshi oʻldirilgan[9].
Al-Yusayr ibn Rizomning oʻldirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Yusayr ibn Rizom Haybar yahudiylarining yangi boshligʻi etib saylanadi. U ham Abu Rofiy kabi Banu Gʻatafoniy qabilasi bilan munosabatlarni saqlab qoladi. Al-Yusayr ibn Rizomning qarshi yangi hujumni rejalashtirayotganidan xabar topgach, Muhammad Banu Xazraj qabilasi boshligʻi Abdulloh ibn Ravohani oʻziga oʻrinbosar qilib tayinlaydi va uni yana 3 nafar vakillari bilan al-Yusayrning qanday qilib oʻldirish mumkinligi haqida maʼlumot toʻplash maqsadida Haybarga yuboradi[9].
Ammo Abdulloh ibn Ravoha yahudiylarning ushbu ikkinchi suiqasdiga qarshi nihoyatda hushyor boʻlish kerakligini ogohlantiradi. Madinaga qaytgach, yangi hujum usuli ishlab chiqiladi, Muhammad Ravohani 30 kishi bilan birgalikda tuyalarga mindirib, al-Yusayrni Madina ziyoratiga koʻndirish uchun yuboradi. Ravoha belgilangan manzilga yetib kelgach, Yusayrni Haybar hukmdori etib tayinlashlarini va u bilan yaxshi muomala qilishlarini, shuningdek, uning xavfsizligini kafolatlashlarini vaʼda qiladi[9].
Yusayr Abdulloh ibn Unays al-Juhaniyning otiga oʻtiradi, musulmonlar uning orqasidan yoʻlga tushadilar. Ular Haybardan 6 chaqirimcha narida joylashgan Qarqarotga yetib kelganlarida, al-Yusayr musulmonlarning rejalaridan shubhalanib, Muhammad bilan uchrashish fikridan qaytadi. Abdulloh ibn Unays bilan birga otdan tushadi. Shu payt Abdulloh ibn Unays al-Yusayrning qilichini tortayotganini sezib qoladi va uning oldiga yugurib borib, son boʻgʻimiga qattiq zarba beradi. Al-Yusayr yarador boʻlib yerga yiqiladi, lekin u ham Abdulloh ibn Unaysni urib, qoʻlidagi yagona quroli bilan uni yarador qiladi[9].
Shundan keyin barcha musulmonlar oʻz tuyalarida yahudiylarga hujum qilib, ularning barchasini oʻldirishadi, faqatgina bir nafar yahudiy ulardan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ List of Battles of Muhammad (Wayback Machine saytida July 26, 2011, sanasida arxivlangan)
- ↑ Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah, 2004. ISBN 9789960897714. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ William Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 17
- ↑ Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 241. (online)
- ↑ 5,0 5,1 Khan, Muhammad Zafrulla. Muhammad, Seal of the Prophets, January 1980. ISBN 9780710006103. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „A thirty-horseman group headed by ‘Abdullah bin Rawaha“, Witness-Pioneer.com
- ↑ 7,0 7,1 Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah, 2004. ISBN 9789960897714. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Muir. „The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira“ (1861). Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.Muir, Sir William (1861).
- ↑ Hisham, Abd al-Malik Ibn. The life of Muhammad, 1955. ISBN 978-0-19-636034-8. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.