Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Abu Hadrad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
bu Muhammad Abdulloh ibn Abu Hadrad ibn Umayr al-Aslamiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 690–691-yil (hijriy 71-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Andoza:Wikidata image

Abdulloh ibn Abu Hadrad (arabcha: عبد الله بن أبی حدرد – Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu Hadrad ibn Umayr al-Aslamiy) – sahoba.

Otasi Abu Hadradning asl ismi Saloma boʻlgani uchun baʼzi manbalarda Abdulloh ibn Saloma deb ham zikr qilingan. Manbalarda Abdulloh ibn Abu Hadradni sahobaligi borasida turli ixtilof­lar mavjud. Biroq aksariyat olimlar uni sahoba boʻlganini qayd etishgan. Hudaybiya sulhidan boshlab Paygʻambar amri ostida safarlarda qatnashgan va unga turli sariyyalarda vazifalar ham yuklatilgan. Shulardan biri Gʻoba sariyya­sidir. Bani Jusham qabilasidan boʻlgan Rifoʻa ibn Qaysning musulmonlar va Bani Qays orasini buzmoqchi boʻlganini eshitgan Rasululloh Abdulloh ibn Abu Hadradning yoniga yana ikki kishini qoʻshib, ularga Rifoʻa haqida maʼlumot toʻplab kelishni buyuradi. Abdulloh ibn Abu Hadrad Madina yaqinidagi Gʻoba yaylovida Rifoʻani tuzoqqa tushirib oʻldiradi, uning oz sonli odamlarini quvib, ortda qolgan tuyalarini oʻlja sifatida Madinaga haydab keladi. Kambagʻal hayot kechirgan Abdulloh ibn Abu Hadrad uylanganida oʻziga oʻljadan tushgan oʻn uch tuyani xotiniga mahr sifatida beradi. Bu voqeadan ikki oy oʻtib, Hunayn jangi avvalida paygʻambar tomonidan yana dushman ichiga kirib maʼlumot toʻplash uchun yuboriladi. Vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlab, toʻplagan maʼlumotlarini paygʻambarga taqdim qiladi.

Abdulloh ibn Abu Hadrad Abu Bakr va Umardan hadis rivoyat qilgan, undan esa oʻgʻli Qaʼqoʻ va boshqalar rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislarining ikkitasi Ahmad ibn Hanbalning „Musnad“ida keltirilgan.

Paygʻambarning vafotidan ke­yingi hayoti haqida maʼlumot boʻlmagan Abdulloh ibn Abu Hadrad taxminan sakson yoshida vafot etgan[1].

  • Al-Voqidiy. Al-Magʻāzӣ. – London: 1965-66. II, 634-635, 777, 779-780, 797; III, 877, 893, 939, 1008;
  • Ibn Hishom. As-Sӣra. – Qohira: 1955. III, 439-440; IV, 626, 629-631;
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kub­rā. – Bayrut: 1968. II, 150;
  • IV, 309-310; At-Tabariy. Tarӣx. – Qohira: 1960-70. III, 34, 158;
  • Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1970-73. III, 210-211;
  • Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1970-72. IV, 54-57.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.