Abdulla I (XVI asr oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — oʻzbeklarning (Buxoro) xoni (1540-yil mart-sentyabr). Abdulxayrxonning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.
Abdulla I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514-1540-yil mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540-yil mart), Buxoro xonligi qisqa muddat ichida 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdullaxon 1540-yil 14-sentyabrda Samarqandda vafot etadi. Abdulla II Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Maqbara bugungi kungacha saqlanib qolmagan, xarobalari 1930-yillarda butunlay vayron qilingan. Uning vafotidan soʻng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.