Abdulla kulol
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Abdulla kulol (Kali Abdullo, 1815 – Rishton – 1900) – kulol, koshinpaz usta. Rishton va Qoʻqonda ishlagan. Fargʻona kulollari ishlariga boshchilik qilgan. Xudoyorxon oʻrdasining (hozirgi Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeyi) bosh fasadini rang-barang koshinlar bilan bezashda qatnashgan (1867 – 1873). Abdulla kulol ishlaridan namunalar (sopol idishlar) Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeylarida saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |