Abdulla Qahhor koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Mahallalar |
Damariq mahallasi Bobur mahallasi |
Uzunligi | 2160 m |
Avtobuslar | 140 |
Kim sharafiga nomlangan | Abdulla Qahhor |
Kesishgan koʻchalari |
Surxon koʻchasi Abdulla Qahhor berk koʻchasi Abdulla Qahhor 1-tor koʻchasi Abdulla Qahhor 7-tor koʻchasi Shams Kulol koʻchasi Abdulla Qahhor 6-tor koʻchasi Abdulla Qahhor 5-tor koʻchasi Abdulla Qahhor 4-tor koʻchasi Damariq ko'chasi Mahmud Tarobiy ko'chasi Shota Rustaveli koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Isroil davlatining elchixonasi Bolalar Bogʻchasi № 100 Ayikcha Toshkent karantin va oʻsimliklarni muhofaza qilish boshqarmasi 300-sonli Laylakcha maktabgacha taʼlim muassasi Toshkent shahar Yakkasaroy Tumani 58-sonli Oilaviy poliklinika |
41°16′46″N 69°15′40″E / 41.27944°N 69.26111°E
Abdulla Qahhor koʻchasi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. Abdulla Qahhor koʻchasi oʻzbek shoiri nomi bilan nomlangan koʻchadir. Koʻchadan koʻplab boshqa koʻchalar oʻtadi va koʻchada Abdulla Qahhor mahallasi, Damariq mahallasi va Bobur mahallasi joylashgan. Koʻchadan uzoq boʻlmagan masofada Toshkent xalqaro aeroporti joylashgan. Koʻcha Yakkasaroy tumanida joylashgan.
Tarixi va nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻchaning nomi oʻzbek shoiri Abdulla Qahhor nomi bilan nomlangan. 16-fevral 1999-yili Toshkentda terrakt yuzaga kelganda, Abdulla Qahhor koʻchasida joylashgan uyda soni boʻyicha beshinchi portlash roʻy berdi. Portlash soat 12:00da boʻldi va shaxsiy kishiga tegishli uydan hech narsa qolmadi[1]. 2013-yilda koʻchaning nomi Uzumbogʻ nomiga koʻchirilgan edi. Bu Toshkent Shahar Kengashining xalq deputatlari qarori boʻyicha Toshkentning koʻplab koʻchalari va mahallalar nomini oʻzgartirish boʻyicha reja boʻlgan edi[2]. 2015-yilda Abdulla Qahhor koʻchasida kapital remont oʻtdi. Remontga 179,394 million sum sarflash rejalashtirilgan edi[3]. 2016-yilda Abdulla Qahhor koʻchasida Captiva rusumli avtomobil oʻgʻirlanib ketilda. Biroz vaqt oʻtib oʻgʻri topilda va u 24 yoshli Jizaq viloyati turgʻuni boʻlgan edi.[4] 9-sentabr 2018-yili Mustaqillik marafonida Toshkent markazidagi bir qancha koʻchalar yopiladi. Shu jumladan Abdulla Qahhor koʻchasi ham bor edi[5]. 2019-yili koʻcha charoqasida vafel chiziqli yoʻl toʻsmasi paydo boʻldi[6].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Qahhor koʻchasi janubdan Kichik halqa yoʻlidan boshlanadi va Shota Rustaveli koʻchasida yakunlanadi. Koʻchadan Abdulla Qahhor koʻchasining tor va berk koʻchalari oʻtadi. Shu jumladan Shams Kulol koʻchasi, Nukus koʻchasi, Damariq koʻchasi, Mahmud Tarobiy koʻchasi va Kuloltuproq koʻchasi oʻtadi.
Mashhur binolar va inshooatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Qahhor koʻchasida koʻplab binolar joylashgan. Shu jumladan koʻp qavvatli va kam qavvatli uylar bilan xonadonlar. Koʻchada Isroil davlatining elchixonasi, Bolalar Bogʻchasi № 100 Ayikcha, Toshkent karantin va oʻsimliklarni muhofaza qilish boshqarmasi, 300-sonli Laylakcha maktabgacha taʼlim muassasi, Toshkent shahar Yakkasaroy Tumani 58-sonli Oilaviy poliklinika joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Qahhor koʻchalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]