Kontent qismiga oʻtish

Abduljamil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abduljamil (? – 1505-1506 yillar, Hirot) – xattot. Alisher Navoiyning shaxsiy kotibi, Hirotdagi Sultoniya madrasasida nahv va sarfdan dars bergan (mudarris). U Alisher Navoiyning „Hamsa“ (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi), „Navodir un-nihoya“ va boshqa asarlarini koʻchirgan. Navoiyning lirik asarlari boʻyicha „Tuhfat us-salotin“ („Sultonlarga tuhfa“) toʻplamini tuzgan (Britaniya muzeyida saqlanadi)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil