Abdulhaqq Kilan
Abdulhaqq Kilan (arabcha: عبدالحق كيلان) (1941-yil 22-iyunda tugʻilgan) – shvedsiyalik islom diniy ulomosi. Eskilstuna masjidida va Stokgolmdagi Islom uyushmasida imom boʻlgan. U, shuningdek, Shvetsiya Islom jamiyati raisi va Shvetsiya Islom Akademiyasining doimiy kotibi boʻlib faoliyat olib borgan.
Kilan Leif Karlsson Shvetsiyaning Eskilstuna shahrida tugʻilgan. U birinchi marta 1963-yilda Marokashga qilgan safari davomida Islom dini bilan tanishgan. U 1984-yilda oʻzining qonuniy ismini Abdulhaqq Kilanga oʻzgartirib, islom dinini qabul qildi, arabcha ismining maʼnosi „haqiqatning kamtarin xizmatkori“ degan maʼnoni anglatadi.
Kilan 2004-yilda bergan intervyusidan soʻng bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Chunki ayollarning uydan tashqarida ijtimoiy hayotda oʻz oʻrni va oʻz huquqlariga ega boʻlishini oʻrinli deb bilmadi. Suhbatda u, shuningdek, ayollar oʻz tashabbusi bilan turmush qurish huquqiga ega emasligini aytdi va „Muso qonuniga koʻra, zino qilgan ikkala jins uchun ham toshboʻron qilish va oʻlim bilan jazolash belgilangan“ deya qoʻshimcha qildi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Scheibe. „A man's domain or a woman's realm?“. Umbrella Project (2004-yil 20-aprel). 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-oktyabr.