Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy
Qiyofa
Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1016-yil (hijriy 406-yil) |
Vafoti |
milodiy 1084-yil (hijriy476- yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy (arabcha: عبد العزيز بن عبد الرزاق المرغيناني – Shayxul-imom Abu-l-Aimma Abdulaziz ibn Abdurrazzoq ibn Abu Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Matkan al-Margʻinoniy) – muhaddis.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Margʻinoniy 1016-yil (hijriy 406-yil)da Margʻilonda tavallud topgan. U asosan, oʻzi tugʻilib-oʻsgan yerda yashab ijod etgan. Manbalarda keltirilishicha, ilm talabida ikki marta Samarqandga safar qilgan. Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy taniqli olim Shamsul-islom Mahmud ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Oʻzgandiyning otasidir.
Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy 1084-yilda (hijriy 476) 68 yoshida vafot etgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O. A. Qoriyev. Fargʻona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Margʻinoniy. – T.: „Fan“, 2009. 60;
- Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 222.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |