Kontent qismiga oʻtish

Abdulaziz Aqqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov
 Oʻzbеkistоnning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi
 
Mansab davri
2022-yil 11-apreldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
 Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2018-yil 3-noyabrdan – 2020-yil 1-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Anvar Sharapov
Vorisi Aziz Abduhakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-sentyabr 1985-yil (1985-09-02) (39 yosh)
Navoiy

Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov — oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi[1].

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005-yilda bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

2005—2006-yillarda „O‘zstandart“ agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi.

2006—2011-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi „Tur servis standart“ Davlat unitar korxonasi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, korxona direktori.

2011—2017-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i.

2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.

2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

2018-yil noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi[2].

2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi[3].

2020—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari[4].

2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi[5]. 23-sentabr kuni ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi[6].