Kontent qismiga oʻtish

Abdulavval Nishopuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulavval Nishopuriy (Nishopur – 15-asr, Samarqand) – tasavvuf olimi. Abdulavval Nishopuriy „Masmuot“ („Eshitilganlar“) kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyondasi va Xoja Ahrorning sufiylik nuqtai nazari, falsafiy qarashlariga bagʻishlangan tarjimai holidir. Abdulavval Xoja Ahrorning yoshligidan boshlab 86 yoshgacha bosib oʻtgan so'fiyona yoʻlini oʻsha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol bilan bogʻlab koʻrsatgan. Kitobda Mirzo Ulugʻbek davri voqealari ham oʻz ifodasini topgan. Bu asarning 2 ta nodir nusxasi bor. Abdurahmon faqih tomonidan kitobat qilingan nusxasi juda eski; ikkinchi nusxasi 1598-yilda koʻchirilgan. Abdulavval Samarqandda Xoja Ahror qabristoniga dafn etilgan[1].

  1. "Abdulavval Nishopuriy" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil