Kontent qismiga oʻtish

Abdulahad Nodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulahad Nodirov— 1875 yili tugʻilgan, Poyariq rayoni Burkut qishloq soveti Turkpoyon qishlogʻidan, oʻzbek, 1933-yili quloqqa tortilgan. Hibsga olingunga qadar ruhoniy, imom, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, igʻvogarlik, magʻlubiyatchi targʻibot olib borganliqda, qamoqqa olingan troskiychilarni chet el davlatlarining qoʻllab quvvatlashi tufayli otib yubora olmaydilar hamda ichki qoʻzgʻolondan xavfsiraydilar,Germaniya, Yaponiya va Italiya birgaliqda Troskiy bilan sovet hokimiyatining katta hududini egallab oladilar va tez orada sovet hokimiyati halok boʻladi deb aytganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan[1].

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 145-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.