Abdul-Aziz al-Vafoiy
Abdulaziz ibn Muhammad al-Qohiriy al-Vafoiy (1408—1471; hijriy 811—876; ayrim manbalarda hijriy 874- yoki 879-yil) — Ibn al-Aqboiy nomi bilan tanilgan XV asrda hayot kechirgan misrlik astronom va matematik. U Ibn al-Majdiy va Nuriddin an-Naqqoshlarning shogirdi bo'lgan. Qohiradagi Muayyad masjidida vaqt hisoblovchi sifatida mehnat qilgan. Shuningdek, Azhar va Maridani masjidlarida vaqt hisobchilari rahbari boʻlgan. Shaharlarning mahalliy vaqtlarini kenglik va uzunlikdan kelib chiqqan holda hisoblash sohasiga qiziqqan. Daira al-Muaddal nomli astronomik qurilmani ixtiro qilgan[1][2]. Vafoiy matematika va astronomiyaga oid 40ga yaqin kitob va 20 risola yozgan, biroq ularning birortasi nashr etilmagan. Asarlari orasida „Risolah al-’Amal bi ar-Rub’ al-Mujayyab“ qo‘lyozmasi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „الموسوعة الشاملة - الضوء اللامع“. Islamport.com. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
- ↑ „مصر الخالدة - عبدالعزيز الوفائي“. Eternalegypt.org. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.