Abdujabbor Rustamov
Abdujabbor Rustamov— 1869-yili tugʻilgan, oʻzbek, Urgut rayoni Mo‘minobod qishloq soveti Kulbadigar qishlogʻidan, yirik boyning oʻgʻli, quloqqa tortilgan, davlat majburiyatini topshirmagani uchun sudlangan, 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Doimiy ravishda targʻibot olib borgan, boʻlajak urush haqida boʻhton gaplar tarqatgan, sovet hokimiyati bilan uyushgan holda kurashga chaqirgan, buning uchun bosmachilar toʻdasi tashkil etilishi lozim, deb hisoblab ocharchilik haqida igʻvo tarqatgan, kolxozchilarni zayomga yozilmaslikka daʼvat etgan, degan, yaʼni O'zSSR Jinoyat Kodeksining 66-moddasi, birinchi qismi bilan ayblangan. 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, qamoq muddati 1937-yil 23-iyuldan (yaʼni hibsga olingan kundan) boshlab hisoblangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 143-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.