Kontent qismiga oʻtish

Abduhakim Hojiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduhakim Moʻminovich Xajiboev
Fayl:Abduhakim Hojiboyev.jpg
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2020-yil 3-noyabrdan – 2021-yil 11-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Shodmonov
Vorisi Behzod Musayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-noyabr 1951-yil (1951-11-02) (73 yosh)
Toshkent viloyati Zangiota tumani, Oʻzbek SSR
Mukofotlari

Abduhakim Moʻminovich Hojiboyev (1951-yil 2-noyabr, Zangiota tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik shifokor, olim va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari, (2021-yildan), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri (2020-2021).

1951-yil 2-noyabrda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.

1974-yilda — Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan[1].

1974-1975- yillarda — 1-sonli Respublika klinik kasalxonasida stajyor boʻlib faoliyat yuritgan.

1975-1990 yillarda — Butunittifoq Klinik va eksperimental jarrohlik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent filialida kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

1981-yilda — nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan[2].

1990-1999-yillarda — dastlab bosh ilmiy xodim, keyinchalik akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi (hozirgi V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.

1999-2000 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktorning ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari[3].

2000-2003 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi boshqaruvchisi.

2003-2007 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[4].

2007-2016 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori[5].

2016-2017 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

2017-2020 - Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.

2020-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

2020-yil 3-noyabrdan 2021-yil 11-noyabrgacha — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri[6].

2021-yildan — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari[7].

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  4. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  5. http://empa.uz/staff/predsedatel-avempu1/
  6. https://www.gazeta.uz/ru/2020/11/04/minzdrav/
  7. https://daryo.uz/2021/11/14/abduhakim-hojiboyev-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-rahbariga-orinbosar-etib-saylandi/