Abdugʻofir Shukurov
Qiyofa
Abdugʻofir Shukurov (1918, Qashqadaryo viloyati Kitob shahri) — sehrli ertaklar ijrochisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shukurov ertak aytishni, oʻz repertuaridagi 50 dan ortiq ertak, nakd va afsonalarni momosi — Tansiq momo Rahmatillo qizi va onasi — Saodat Ibrohim qizidan oʻrgangan. "Rustamzod va Sherzod", "Doro podsho va Iskandarbek", "Kulsa — gul, yigʻlasa —dur", "Qora mushkul ot", "Shamshirboz" va boshqalar Shukurov ijro etgan ertaklar Z.Husainova va boshqaSarimsoqovlar tomonidan alohida kitob holida ("Kulsa —gul, yigʻlasa — dur", 1983) nashr etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |