Kontent qismiga oʻtish

Abduali Gʻaniyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abduali Gʻaniyev (1931-yil 21-dekabr Toshkent – 1999-yil 8-oktabr) —  kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), kimyo fanlari doktori (1974), professor (1977). Oʻrta Osiyo universitetini tamomlagan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1958-yildan). Ilmiy ishlari neytron aktivatsiyasi va ekstraksiyasi usullarini qoʻllab nodir metallarning mikrokonsentratsiyasini aniqlashga oid, Gʻ. Rahbarligida aktivatsion analizning radiokimyoviy uslublari, platinoidlar, oltin va kumushni jelatina hosil qiluvchi, jumladan tio va ditiofosfat kislotalar hamda mahalliy xom ashyodan tayyorlangan reagentlar yordamida ekstratsion konsentrlash va ajratish usullari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1982).

  • Metodm aktivatsionnogo analiza blagorodnnx i redkix metallov, T., 1977; Zako-nomernost transvliyaniya v kompleksnnx soyedineniyax kobalta, T., 1998.