Abastumani astrofizika rasadxonasi
Qiyofa
Abastumani astrofizika rasadxonasi — Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932-yilda Abastumani qishlogʻi yonida tashkil qilingan. 1937-yildan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili togʻida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral koʻrsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi oʻrganiladi. Oʻzgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang koʻrsatkichlari roʻyxati tuzilgan,qolaversa, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. 1937-yildan „Byulleten“ chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.
Asosiy asboblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 70 sm li meniskli teleskop;
- 125 sm li reflektor;
- 40 sm li reflektor;
- Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop;
- Elektrofotometr oʻrnatilgan 32 sm li reflektor;
- Xromosfera teleskopi;
- 40 sm li qoʻshaloq astrograf va boshqalar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |