Abadiy tinchlik
"Abadiy tinchlik" (Polsha tarixshunosligida Grzymulowski tinchligi sifatida tanilgan, polyakcha: pokój Grzymułtowskiego) — Getmanatning boʻlinishi toʻgʻrisidagi tinchlik shartnomasi. 1686-yil 26-aprel (6-may)da Rossiya podsholigi va Rech Pospolita oʻrtasida Moskvada erishilgan. Shartnoma matni muqaddima va 33 moddadan iborat edi.
Sulh 1654-yildan hozirgi Ukraina va Belorussiya hududlarida davom etgan Rossiya-Polsha urushi kelishuvlarini mustahkamlagan.
Shartnoma 1667-yildagi Andrusovo sulhida qayd etilgan bandlarni tasdiqladi, faqat quyidagilar isitsno qilindi: Rossiya Kiyevni 146 ming rublga sotib oldi va rasman uning oʻziga tegishliligini qayd ettirdi. Rech Pospolita (Polsha-Litva Hamdoʻstligi) ham Zaporojye Sichi ustidan qoʻshma protektoratdan voz kechdi.
Shartnomani Rech-Pospolita tomonidan voyevod Poznanskiy, diplomat Kshishtof Grzimultovskiy, Rossiya tomonidan esa kansler va elchixona boshligʻi knyaz Vasiliy Golitsin imzolagan.
Shartnoma shartlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rech Pospolita Ukrainaning chap qirgʻogʻi, Kiyev, Zaporojye, Smolensk va Chernigov hamda Starodub bilan birga Chernigov-Seversk yerlarini Rossiya qirolligi hududi sifatida tan oldi.
- Rossiya qirolligi Turkiyaga qarshi urush olib borayotgan davlatlarga qoʻshildi.
- Rech Pospolitaya Kiyevdan voz kechishi evaziga 146 ming rubl tovon puli oldi.
- Polsha-Litva Hamdoʻstligi baʼzi chegara hududlari: Nevel, Sebej, Velij va Posojye hududlari berildi.
- Shimoliy Kiev viloyati, Voliniya va Galisiya Hamdoʻstlik tarkibida qoldi.
- Janubiy Kiev viloyati va Bratslav viloyati Stayok shahridan Tyasmin daryosigacha boʻlgan hududlar, Rjishchev, Traxtemirov, Kanev, Cherkasi, Chigirin va boshqa shaharlar boʻlgan va urush yillarida qattiq vayron boʻlgan yerlar Rossiya qirolligi va Hamdoʻstlik ortasidagi neytral hududga aylanishi kerak edi.
- Rech Pospolitaya pravoslav nasroniylarga („yunon-rus eʼtiqodi“) eʼtiqod erkinligini taʼminlash majburiyatini oldi („Rim eʼtiqodidagilarni taʼqib qilish yoʻq va ularni isloh qilishga majburlash yoʻq“) va Rossiya hukumati ham oʻzining katolik fuqarolariga shunday munosabatda boʻldi.
Rossiya qirolligi Usmoniylar imperiyasi va Qrim xonligi bilan tuzilgan avvalgi kelishuvlarni bekor qildi va Turklarga qarshi Muqaddas Ligaga qoʻshildi. Bundan tashqari, Qrim xonligiga qarshi harbiy yurish tashkil etish majburiyatini oldi (1687 va 1689-yillardagi Qrim yurishlari).
Shuningdek, shartnoma yerlarni delimitatsiya qilishni, yaʼni yangi chegaralarni belgilash amaliyotini nazarda tutar edi, ammo bu Polshaning birinchi boʻlinishigacha amalga oshirilmadi.
Garchi Abadiy tinchlik shartlari shartnoma imzolanishi bilanoq darhol kuchga kirgan boʻlsa-da, Rech Pospolita Seymi hujjatni faqatgina 1764-yilda ratifikatsiya qildi.
Oqibatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shartnoma Smolensk viloyatini, Kiyev bilan birga Ukrainaning chap qirgʻogʻini Zaporojye va Seversk yerlarini Chernigov va Starodub bilan birga Rossiya qirolligi tarkibiga qoʻshdi. „Abadiy tinchlik“ka erishilishi davlatlarning tatar-turk agressiyasiga qarshi birlashishiga imkon berdi va 1700-1721-yillardagi Shimoliy urushda Rossiya-Polsha ittifoqining asosi boʻldi. Rossiya Turkiyaga qarshi „Muqaddas Liga“ — Avstriya, Rech Pospolita va Venetsiya ittifoqiga qoʻshildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (belor.) Saganovіch G. Vechni mіr // Vyalіkae Knyastva Lіtooʻskae. Ensiklapediya u 3 t. — Mn.: BelEn, 2005. — T. 1: Abalenskі — Kadensiya. — S. 405. — 684 s. — ISBN 985-11-0314-4.
- Kochegarov K. A. Rech Pospolitaya i Rossiya v 1680—1686 gg. Zaklyuchenie dogovora o Vechnom mire. M., 2008.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Abadiy tinchlik“[sayt ishlamaydi]. 26.04.1686. Rossiya Harbiy Tarix Jamiyatining „Rossiya tarixining 100 ta asosiy hujjati“ loyihasi.