Abadat al-avson
Abadat al-avson (arabcha: عبدة الأوثان)
Abadiy (arabcha boqiy, intihosiz, so‘nggi yo‘q, mangulik) tasavvufda — mangu, doimiy, hamishalik, falsafada borliq, olamdagi muntazamlik va barqarorlik. Moddiy jihatdan qarovchilar nazdida materiya abadiy mavjud. Biroq diniy tasavvur bo‘yicha materiya Yaratuvchining yaralmishi, shunday ekan, uning abadiyligi nisbiy. Materiyaga nisbatan uning Yaratuvchisi abadiy hisoblanadi. Abadiylik Allohga xos doimiy sifat bo‘lib, hamma maʼnolarda ham abadiylik timsoli yagona Allohdir.
Ishlatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masti abadiy bo‘lg‘usi men
yanglig‘ azalda,
Har kimki fano dayrida bir
jom simurdi.
(Navoiy. „Favoyid ul-kibar“. VI, 588-g‘azal)
Abadiy mavzu — badiiy asar asosiga qo‘yilgan voqyea va hodisalar, mohiyat va mazmunning mangulik, doimiylik kasb etishi. Masalan, maʼrifiy adabiyotda ilohiy mavzuga va badiiy adabiyotda muhabbat, sevgi mavzusiga nisbatan qo‘llaniladigan sifat. Abadiy mavzuga bag‘ishlangan Imom al-Gʻazzoliyning "Kimyoi saodat", mashhur xamsanavislar tomonidan yaratilgan „Xusrav va Shirin“, "Layli va Majnun" kabi asarlar, Gʻarb adabiyotida muhabbatni abadiy mavzu sifatida talqin etgan dostonlarni tilga olish mumkin.
Abadiy qiyofat — Yaratganning doimiy mavjudligi va uning inson qalbida doimo aks etishi. Abadiy qiyofat Shayx Najmuddin Kubroning talqinicha, Allohga yaqinlashish va uning sifatlari bilan axloqlanishning o‘n usuli (usuli ashara)da doimiy zikr bilan yuruvchi soliklargagina xosdir. Allohdan boshqa hamma narsani unutib, uning yodi bilan yashamoq doimiy zikrdir[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ANATIL. — T.: „Fan“, 1983. I, 21;
- Jurji Zaydon. Tarӣx ādāb. — Qohira: „Dor al-hilol“, 1898.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |