Kontent qismiga oʻtish

ASIMO

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ASIMO, matbuot-relizidan foto.

ASIMO (yapon. アシモ, ashimo) Honda Motor Company tomonidan yaratilgan odamsimon robotdir. Boʻyi 130 santimetr, vazni 52 kilogramm boʻlgan bu robot kichkina fazogirni eslatadi. ASIMO ikki oyoqda yurib, tezligini 6 km/soat gacha yetkiza oladi[1]. U Honda'ning Wako Fundamental Texnik Tadqiqotlar Markazida (Yaponiya) yasalgan. Uning hozirgi nusxalari 1986 yilda boshlangan E0 loyihasining 11-avlodidir.

Rasman, ASIMO "Advanced Step in Innovative MObility" (Yangi Harakatlanishda Katta Qadam). Honda'ning rasmiy manbalari bu nomning Robotexnikaning Uch Qonuni muallifi, ilmiy-fantast yozuvchi Isaac Asimov bilan aloqasi yoʻqligini taʼkidlashadi. Qolaversa, yapon tilidagi ashimo soʻzi "oyoqlar ham", degan maʼnoga ega.

2007 yilga kelib, dunyoda 46 ta ASIMO nusxasi mavjud.[2] Ularning har biri $1 million atrofida narxlanadi,[3] baʼzi nusxalarini esa yiliga $166,000 evaziga ijaraga olish mumkin.[4]

  1. ASIMO specifications by Honda
  2. Meet ASIMO the robot, 2007-09-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-30
  3. Say Hello To ASIMO, 2008-11-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-30
  4. Humanoid robot gets job as receptionist, 2008-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-30