Kontent qismiga oʻtish

AQSh davlat kotibi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AQSh davlat kotibi

AQSh davlat kotibi (SecState[1]) federal hukumatning ijroiya hokimiyati aʼzosi va Davlat departamentining rahbari hisoblanadi. Ushbu lavozim egasi vitse-prezidentdan keyin prezident kabinetidagi ikkinchi eng yuqori martabali shaxs bo‘lib, prezidentlik vorisligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Kabinet kotiblari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.

Davlat kotibi lavozimi 1789-yilda tashkil etilgan va Tomas Jefferson birinchi davlat kotibi bo‘lgan. Davlat kotibi AQShni chet davlatlar oldidagi vakili hisoblanadi va shu sababli boshqa mamlakatlardagi tashqi ishlar vaziri bilan tenglashtiriladi[2][3]. Davlat kotibi AQSh prezidenti tomonidan nomzod qilib ko‘rsatiladi va Senatning Tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan eshitilgandan keyin Senat tomonidan tasdiqlanadi. Davlat kotibi, moliya kotibi, mudofaa kotibi va bosh prokuror bilan birgalikda, odatda, o‘z departamentlarining muhimligi tufayli kabinetdagi eng muhim to‘rt a’zodan biri sifatida qaraladi[4].

Davlat kotibi I darajadagi lavozim hisoblanadi. Shu daraja uchun belgilangan maoshni oladi (2021-yil yanvar oyidan boshlab 221 400 AQSh dollari)[5][6]. Hozirgi davlat kotibi — Entoni Blinken bo‘lib, u 2021-yil 26-yanvarda Senat tomonidan 78–22 ovoz bilan tasdiqlangan[7].

  1. „Abbreviations and Terms“. 2001-2009.state.gov. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  2. "Heads of State, Heads of Government, Ministers for Foreign Affairs", Protocol and Liaison Service, United Nations. Retrieved November 2, 2012.
  3. NATO Member Countries (Wayback Machine saytida October 1, 2017, sanasida arxivlangan), NATO. Retrieved November 2, 2012.
  4. "Cabinets and Counselors: The President and the Executive Branch" (1997). Congressional Quarterly. p. 87.
  5. „Salary Table No. 2021-EX Rates of Basic Pay for the Executive Schedule (EX)“. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named UnitedStatesCode|5|5312
  7. „U.S. Senate Roll Call Votes 117th Congress – 1st Session“. U.S. Senate. 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.