AQSh banknotlarida tasvirlangan shaxslar roʻyxati
AQSH dollari | |
---|---|
ISO 4217: | USD |
Davlat nomi: | AQSH |
Simvol: |
AQSh tarixining borishiga u yoki bu darajada taʼsir koʻrsatgan 53 nafar amerikalik milliy valyuta banknotlarida tasvirlanish sharafiga muyassar boʻlishgan. Ularga prezidentlar, vazirlar mahkamasi aʼzolari, kongressmenlar, sudyalar, harbiy arboblar va Qoʻshma Shtatlarning asoschilari kiradi. 1862-yilda Kongressning maʼqullashi bilan AQSH moliya vaziri banknotlarni bezash, chop etish va chiqarishni nazorat qilish bo‘yicha keng vakolatlarga ega bo‘ldi[1][2]. Banknotlarning dizayni Zarbxona va matbaa byurosi tomonidan amalga oshirilgan, yakuniy nusxasi vazir tomonidan uning imzosi bilan tasdiqlangan[3].
1928-yilda AQSh Gʻaznachiligi portretlarni joylashtirishga yangi yondashuvni taklif qildi. Vazirlik mutaxassislari AQSHning ayrim prezidentlarining portretlari boshqalarga qaraganda ommaga koʻproq tanish[4], shuning uchun ularni banknotlarda tasvirlash kerak, degan xulosaga kelishdi. Biroq, Aleksandr Hamilton, Salmon Chase va Benjamin Franklinning portretlari uchun istisnolar qilingan. Oʻshandan beri erkin muomaladagi banknotlarda tasvirlangan AQSh davlat arboblari soni oʻzgarishsiz qoldi.
Banknotlarda AQShning beshta davlat arbobining portretlari hayotlik chog‘ida tasvirlangan. Avraam Linkoln 1861-yilda 10 dollarlik banknotada tasvirlangan. Linkoln kabinetidagi Gʻaznachilik kotibi Salmon Cheyz 1862-yilda 1 dollarlik gʻazna qogʻoziga joylashtirish uchun oʻz portretini tasdiqlatdi. 1860-yillarning boshlarida foizli veksellarga AQSH armiyasining bosh qoʻmondoni Uinfild Skottning portreti qoʻyilgan. 1864-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining 10-gʻaznachisi Frensis Spinner,Gravür va matbaa byurosining birinchi direktori Spenser Klark 3 dan 50 sentgacha boʻlgan qogʻoz pullarda tasvirlanishdi. Biroq, 1873-yilda Spinner va Klarkning harakatlari tufayli Kongress AQShning har qanday qimmatli qogʻozlari, qarzlari, harbiy va pochta hujjatlarida tirik odamlarning portretlarini chop etishni taqiqladi[5].
Roʻyxatga quyidagilar kiradi:
- Subyektlarning nomlari alifbo tartibida joylashtiriladi, shuningdek sub’ektning tugʻilgan va vafot etgan sanalari — „Ism“ ustuni ostida koʻrsatiladi;
- AQSh banknotlaridagi sub’ektlarning tasvirlari — „Portret“ ustuni ostida koʻrsatiladi;
- Subyektning AQSh davlat xizmatida boʻlgan vaqtida egallab turgan lavozimlarining nomlari xronologik tartibda — „Lavozim“ ustuni ostida koʻrsatiladi;
- AQSH banknotasining turi, nominal qiymati va chiqarilgan yili — „AQSh banknotlari“ ustuni ostida koʻrsatiladi[6];
- Maʼlum bir shaxsning AQSH banknotlarida eng erta paydo boʻlgan yilga toʻgʻri keladigan koʻrsatkich — „D.p.p., dastlabki paydo boʻlish sanasi“ ustuni ostida koʻrsatiladi.
- Roʻyxatga dollar va sent nominalidagi federal milliy muomaladagi banknotalar, shuningdek, Milliy banklarning banknotalari kiritilgan. Milliy boʻlmagan maqsadlardagi federal nashrlarning banknotalari aks ettirilmagan. Roʻyxatda guruh portretlari, shuningdek, allegorik tasvirlar mavjud emas.
Har xil turdagi banknotlar uchun qisqartmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har xil turdagi banknotlarda koʻplab sub’yektlarning portretlari tasvirlangan. Muayyan AQSh banknotasining turi, nominal qiymati va chiqarilgan yili banknotning seriya raqamiga muvofiq Fridberg katalogi[7] deb ataladi. Katta oʻlcham AQShning dastlabki banknotlari boʻlib, taxminan 187 × 79 mm edi. (7,375 x 3,125 dyuym). Kichik qogʻozlar — hozirda muomalada boʻlgan banknotaning turi boʻlib, oʻlchami 156×67 mm (6,125 x 2,625 dyuym). Biroq, kesilgan chiziqlar va ramkaga qarab, eʼlon qilingan oʻlchamlardan 2 mm gacha boʻlgan ogʻishlarga ruxsat beriladi. (0,08 dyuym)[8]. Oʻta katta banknotalar bir xil oʻlchamga ega emas, lekin ularning barchasi katta banknotalardan biroz kattaroq hisoblanadi.
Abbreviatura | Banknot turi | Banknot oʻlchami |
---|---|---|
DN | Demand Note | Katta |
LT | Legal Tender | Katta |
CITN | Compound Interest Treasury Note | Oʻta katta |
IBN | Interest Bearing Note | Oʻta katta |
RC | Refunding Certificate | Oʻta katta |
SC | Silver Certificate | Katta |
TN | Treasury Note | Katta |
NBN | National Bank Note | Katta |
FRBN | Federal Reserve Bank Note | Katta |
FRN | Federal Reserve Note | Katta |
GC | Gold Certificate | Katta |
SSN | Small Size Banknote | Kichik |
Banknotlarda tasvirlangan shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]AQSh banknotlarida tasvirlangan 53 shaxsning har biri alifbo tartibida joylashtirilgan. Ularning unvonlari, egallab turgan lavozimlari berilgan. Saylangan va tayinlangan davlat lavozimlari juda keng qamrovli boʻlib, lavozimlar oʻsish xronologik tartibida keltirilgan.
Ism | Tugʻilgan | Vafot etgan | Portret[9] | Lavozim/Unvon | AQSH banknoti[10] | D.p.p[11] |
---|---|---|---|---|---|---|
[12] | John Quincy Adams11-Iyul 1767-yil | 23-Fevral 1848-yil | AQSHning Niderlandiyadagi elchisi (1794-17), Prussiya (1797-1801); Shtat Senatori (Massachusets, 1802); AQSH Senatori (Massachusets, 1803-1808); AQSHning Rossiyadagi elchisi (1809-1814), Buyuk Britaniya (1815-1817); AQSH Davlat kotibi (1817-1825); AQSH prezidenti (1825-1829)[.[13]. | LT $500 (1869-yil) | 1869-yil | |
[14] | Thomas Hart Benton14-Mart 1782-yil | 10-Aprel 1858-yil | AQSH Senatori (Missuri, 1821-1851); AQSh vakillar palatasi deputati (Missuri, 1853-1855). | GC $100 (1870-yil) | 1870-yil | |
[15] | Salmon Portland Chase13-Yanvar 1808-yil | 7-May 1873-yil | AQSH Senatori (Ogayo, 1849-1855 va 1861); Gubernator (Ogayo, 1856-1860); AQSH moliya vaziri (1861-1864); Qoʻshma Shtatlar bosh sudyasi (1864-1873).. |
LT $1 (1862-yil) |
1861-yil | |
William Clark | 1-Avgust 1770-yil | 1-Sentabr 1838-yil | Tadqiqotchi AQSh qoʻshinlari kapitani (1789-1796), Hindiston ishlari boʻyicha maʼmur (1807—13 va 1822—38);[16] Missuri Gubernatori, Missouri Territory (1813-20).[17] |
LT $10 (1901-yil) |
1901-yil | |
[18] | Henry Clay12-Aprel 1777-yil | 29-Iyun 1852-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Kentukki, 1803); AQSH senatori (Kentukki, 1806-07 & 1810-11); Palata spikeri (1811—14, 1815—20, 1823—25); AQSH Davlat kotibi (1825-1829); AQSh Senatori (Kentukki, 1831-1843 va 1849-52)[19]. |
LT $50 (1869-yil) |
1869-yil | |
[20] | Grover Cleveland18-Mart 1837-yil | 24-Iyun 1908-yil | Gubernator (Nyu-York, 1883-85); AQSH prezidenti (1885—89, 1893—97).. |
FRBN $20 (1915-yil) |
1914-yil | |
[21] | DeWitt Clinton2-Mart 1769-yil | 11-Fevral 1828-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Nyu-York, 1797-1798); Shtat Senatori (Nyu-York, 1798-1802 va 1805-1811); AQSH Senatori (Nyu-York, 1802-1803); Nyu-York meri (1803-07, 1808-1810 va 1811-15); leytenant gubernator (Nyu-York, 1811-1813); Prezidentlikka nomzod (1812);Gubernator (Nyu-York, 1817-23, 1825-1828)[22]. |
LT $1,000 (1869-yil) |
1869-yil | |
[23] | Stephen Decatur5-Yanvar 1779-yil | 22-Mart 1820-yil | AQSH dengiz floti kommandori, Kvazi-urushi, Birinchi Barbarlar urushi qatnashchisi, Kongress oltin medali bilan taqdirlangan (1813). |
SC $20 (1878-yil) |
1878-yil | |
[24] | Edward Everett11-Aprel 1794-yil | 15-Yanvar 1865-yil | AQSH vakillik palatasi deputati (Massachusetts, 1825-35);Massachusets Gubernatori (1836-40), AQSHning Buyuk Britaniyadagi vakili (1841-1845) AQSH Davlat kotibi (1852-1853); AQSh Senatori (Massachusets, 1853-1854) |
SC $50 (1878-yil) |
1878-yil | |
[25] | David Glasgow Farragut5-Iyul 1801-yil | 14-Avgust 1870-yil | AQSH dengiz floti Admirali va Bosh qoʻmondoni,[26](1810-1868), 1812- yilgi urushlar, Gʻarbiy Hindiston urushi, Amerika fuqorolar urushi ishtirokchisi; Kongress maqtoviga sazovor boʻlgan (1862[26] & 1866).[26] |
TN $100 (1890-yil) |
1890-yil | |
[27] | William Pitt Fessenden16-Oktabr 1806-yil | 8-Sentabr 1869-yil | AQSH vakillik palatasi deputati (Meyn, 1832, 1840, 1845-46, 1853-54); AQSh deputati (Meyn, 1841-1843); AQSH Senatori (Meyn, 1854-1864); AQSH moliya vaziri (1864-1865)[28]. |
NBN $20 (1882-yil, revers) |
1882-yil[29]. | |
[30] | Benjamin Franklin17-Yanvar 1706-yil | 17-Aprel 1790-yil | Kontinental Kongress asoschisi; Pensilvaniya delegati, Amerika Qoʻshma Shtatlari Bosh pochta boshligʻi (1775, inauguratsiya egasi), Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolovchisi (1776); AQSHning Fransiyadagi elchisi (1778—85), Shvetsiya (1782—83); Pensilvaniya prezidenti (1785-1788), , AQSh Konstitutsiyaviy konventsiyasida Pensilvaniya delegati(1787). |
LT $50 (1874-yil) |
1874-yil | |
[31] | Robert Fulton14-Noyabr 1765-yil | 24-Fevral 1815-yil | Muhandis; ixtirochi |
SC $2 (1896-yil, revers) |
1896-yil | |
[32] | Albert Gallatin29-Yanvar 1761-yil | 12-Avgust 1849-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Pennsylvaniya, 1790-92); AQSH Senatori (Pensilvaniya, 1793-1794); AQSH vakillik palatasi deputati (Pennsylvaniya, 1795-1801); AQSH moliya vaziri (1801-1814); AQShning Fransiyadagi elchisi (1815-1823), AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi (1826-1827)[33]. |
LT $500 (1862-yil) |
1862-yil | |
[34] | James Abram Garfield]]19-Noyabr 1831-yil | 19-Sentabr 1881-yil | Shtat Senatori (Ogayo, 1859-1861);[35] AQSH armiyasi general-mayori (1861-63);[36] QSh Vakillar palatasi deputati (Ogayo, 1863-81); AQSH prezidenti (1881). Charlz J. Gito tomonidan 1881-yil 2 iyulda otib oʻldirilgan[37]. |
NBN $5 (1882-yil) |
1882-yil | |
[38] | Ulysses Simpson Grant27-Aprel 1822-yil | 23-Iyul 1885-yil | AQSH qoʻshinlari General qoʻmondoni (1843-54, 1861-69 & 1877-85); Qoʻshma Shtatlar harbiy kotibi, (12-Avgust 1867-yil — 12-Yanvar 1868-yil);[39] AQSH prezidenti (1869-77) Meksika Amerika urishi, Amerika fuqorolar urushlari qatnashchisi; Kongress maqtoviga sazovor boʻlgan (1863)va Kongress oltin medali bilan taqdirlangan (1863)[40]. |
SC $1 (1899-yil) |
1886-yil | |
[41] | Alexander Hamilton11-Yanvar 1757-yil | 12-Iyul 1804-yil | Kontinental armiya podpolkovnigi (1775-); Kontinental kongress asoschisi (1782-83); Shtat vakillik palatasi deputati ((Nyu-York, 1787)); AQSH moliya vaziri (1789-1795); General-mayor, AQSh armiyasining katta zobiti (1799-1800)[42]. |
DN $5 (1861-yil) |
1861-yil | |
[43] | Winfield Scott Hancock14-Fevral 1824-yil | 9-Fevral 1886-yil | AQSH armiyasida General-mayor (1844—86); Meksika-Amerika urushi, Amerika fuqarolar urushi qatnashchisi. Kongressning maqtoviga sazovor boʻlgan (1866)[44] Prezidentlikka nomzod(1880). |
SC $2 (1886-yil) |
1886-yil | |
[45] | Benjamin Harrison20-Avgust 1833-yil | 13-Mart 1901-yil | AQSH qoʻshinida brigada generali (1862-1865);[46] Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Indiana, 1881-1887),AQSH prezidenti (1889-93). |
NBN $5 (1902-yil) |
1902-yil | |
[47] | Thomas Andrews Hendricks7-Sentabr 1819-yil | 25-Noyabr 1885-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Indiana, 1848-1849); AQSh Vakillik palatasi deputati (Indiana, 1851-1855); AQSH gʻaznachisinig yordamchisi (1853); AQSH Senatori (Indiana, 1863-1869); Gubernator (Indiana, 1873-1877); AQSH vitse-prezidenti (1885, lavozimida vafot etgan)[48] |
SC $10 (1886-yil) |
1886-yil | |
[49] | Michael Hillegas22-Aprel 1729-yil | 29-Sentabr 1804-yil | Shtat assambleyasi vakili (Pensilvaniya, 1765-1775); AQSH gʻaznachisi (1775-89, inauguratsion egasi). |
GC $10 (1907-yil) |
1907-yil | |
[50] | Andrew Jackson15-Mart 1767-yil | 8-Iyun 1845-yil | AQSh Vakillik palatsi deputati (Tennessi, 1796-1797); AQSH Senatori (Tennessi, 1797-1798); Tennessi Oliy sudining sudyasi (1798-1804); AQSH armiyasi General-mayori, Kongress oltin medali bilan taqdirlangan (1815); Florida harbiy gubernatori (1821 yil 10 mart — 1821 yil 18 iyul); AQSH Senatori (Tennessi, 1823-1825) AQSH prezidenti (1829-1837). Richard Lourens tomonidan 1835-yil 30-yanvarda Kapitoliy binosi yonida suiqasdga (AQSh Prezidentiga nisbatan birinchisi) urinish amalga oshirilgan[51] |
LT $5 (1869-yil) |
1861-yil | |
[52] | Thomas Jefferson13-Aprel 1743-yil | 4-Iyul 1826-yil | Fuqarolar uyi asoschisi (Virjiniya, 1769));Virjiniya kontinental kongressi delegati (1775-76 va 1783-84), Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolovchisi (1776); Gubernator (Virjiniya, 1779-1781); AQSHning Fransiyadagi vakili (1785-1789); AQSH Davlat kotibi (1790-1793, inauguratsiya egasi); Prezidentlikka nomzod (1796); AQSH vitse-prezidenti (1797-1801); AQSH prezidenti (1801-1809) |
LT $2 (1869-yil) |
1869-yil | |
[53] | John Jay Knox, Jr.19-Mart 1828-yil | 12-Fevral 1892-yil | Gʻaznachilik boʻlimi valyuta nazoratchisi, (1872-84).[54][54] |
NBN $100 (1902-yil) |
1902-yil | |
[55] | Meriwether Lewis18-Avgust 1774-yil | 11-Oktabr 1809-yil | Gubernator Luiziana/Missuri hududi (1807-09)..[56] |
LT $10 (1901-yil) |
1901-yil | |
[57] | Abraham Lincoln12-Fevral 1809-yil | 15-Aprel 1865-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Illinoys, 1834-1841); AQSh vakillik palatasi deputati (Illinoys, 1847-1849); AQSH prezidenti (1861-1865)[58]. 1865 yil 15 aprelda Jon Uilks But tomonidan oʻldirilgan[59]. |
DN $1 (1861-yil) |
1861 -yil | |
[60] | James Madison16-Mart 1751-yil | 28-Iyun 1836-yil | Birinchi Virjiniya Bosh Assambleyasining aʼzosi (1776); Virjiniya, Kontinental Kongress delegati (1780-83 va 1786-88);Virjiniya delegatlar palatasi deputati (1783-1786) (1783-86); AQSh Konstitutsiyaviy konventsiyasi asoschisi (1787); AQSh vakillar palatasi deputati (Virjiniya, 1789-1797) AQSH Davlat kotibi (1801—09); AQSH prezidenti (1809-1817). |
LT $5,000 (1878-yil) |
1870-yil | |
Daniel Manning | 16-May 1831-yil | 24-Dekabr 1887-yil | AQSH moliya vaziri (1885—1887) |
SC $20 (1886-yil |
1886-yil | |
[61] | Joseph King Fenno Mansfield22-Dekabr 1803-yil | 18-Sentabr 1862-yil | AQSH armiyasi General-mayori (1822—62); Meksika-Amerika urushi, Amerika fuqarolar urushi qatnashchisi. |
LT $500 (1874-yil) |
1874-yil | |
[62] | William Learned Marcy12-Dekabr 1786-yil | 4-Iyul 1857-yil | Nyu-York shtati militsiyasining general-adyutanti (1821-1823); Nyu-York shtati nazoratchisi (1823); Nyu-York Oliy sudining sudyasi (1829-1831); AQSH Senatori (Nyu-York, 1831-1833); Gubernator (Nyu-York, 1833-1839); Meksika daʼvolari boʻyicha komissar (1839-1842); AQSH harbiy kotibi (1845-1849); AQSH Davlat kotibi (1853-1857)[63] |
SC $1,000 (1878-yil) |
1878-yil | |
[64] | John Marshall24-Sentabr 1755-yil | 6-Iyul 1835-yil | Kontinental qoʻshin kapitani (1776-81);[65] Virjiniya Bosh Assambleyasi vakili (1782-91, 1797); AQSHning Fransiyadagi elchisi (1797); AQSH vakillik palatasi deputati (Virginia, 1799-1800); AQSH Davlat kotibi (1800—01) Qoʻshma Shtatlar bosh sudyasi (1801-1835). |
TN $20 (1890-yil) |
1890-yil | |
[66] | Hugh McCulloch7-Dekabr 1801-yil | 24-May 1895-yil | Valyuta nazoratchisi (1863—1865); AQSH moliya vaziri (1865—69 va 1884—1885). |
NBN $20 (1902-yil) |
1902-yil | |
[67] | William McKinley, Jr.29-Yanvar 1843-yil | 14-Sentabr 1901-yil | AQSH armiyasi mayori (1861-65); AQSh palatasi deputati (Ogayo, 1877-1884 va 1885-1891); Gubernator (Ogayo shtati, 1892-1896);[68] AQSh prezidenti (1897-1901). Leon Czolgosz tomonidan 1901-yil 6-sentyabrda oti oʻldirilgan.[69] |
NBN $10 (1902-yil) |
1902-yil | |
[70] | James Birdseye McPherson14-Noyabr 1828-yil | 22-Iyul 1864-yil | AQSH armiyasi general mayori (1853-64), Amerika fuorolar urushi ishtirokchisi; Jangda oʻdirilgan [71]. |
TN $2 (1890-yil) |
1890-yil | |
[72] | George Gordon Meade31-Dekabr 1815-yil | 6-Noyabr 1872-yil | AQSH armiyasi general mayori (1862-69), Meksika Amerka urushi, amerika fuqorolar urushi ishtirokchisi; Kongress minnatdorchiligini olgan (1864)[73] |
TN $1,000 (1890-yil) |
1890-yil | |
[74] | James Monroe28-Aprel 1758-yil | 4-Iyul 1831-yil | Kontinental armiya mayori (1776-1779);Virjiniya shtati militsiyasining polkovnigi (1780)[75]Kontinental Kongress aʼzosi (1783-1786); AQSH vakillik palatasi deputati (Virjiniya, 1786 va 1810-1811); AQSH senatori (Virjiniya, 1790-94); AQSHning Fransiyadagi vakili (1794-1796); Gubernator (Virjiniya, 1799-1802 va 1811); AQShning Buyuk Britaniyadagi vaziri (1803—07); AQSH Davlat kotibi (1811-14 va 1815-1817); Qoʻshma Shtatlar harbiy kotibi (v.v.b, 1814-yil 27-avgust — 1815-yil 15-mart)[76]AQSH prezidenti (1817-25). |
SC $100 (1878-yil) |
1878-yil | |
[77] | Robert Morris31-Yanvar 1734-yil | 8-May 1806-yil | AQSH asoschilaridan biri ; Kontinental Kongress delegati (1776); Mustaqillik deklaratsiyasi imzolovchisi (1776); Shtat vakillik palatasi deputati(Pennsylvaniya, 1778-1781 va 1785-1787); AQSH moliya boʻlim boshgligʻi (1781-1784). |
LT $1,000 (1862-yil) |
1862-yil | |
[78] | Samuel Finley Breese Morse27-Aprel 1791-yil | 2-Aprel 1872-yil | Ixtirochi,[79] Morze alifbosi asoschisi[80] |
SC $2 (1896-yil, revers) |
1896-yil | |
Running Antelope | c.1821-yil | c.1896-yil | Sioux boshligʻi hunkpapa |
SC $5 (1899-yil) |
1899-yil | |
[81] | Winfield Scott13-Iyun 1786-yil | 29-May 1866-yil | AQSH armiyasi general qoʻmondoni (1808—61); 1812-yilgi urush, Seminol urushi, qora kalxat urushi, Meksika-Amerika urushi, Amerika fuqarolar urushi ishtirokchisi; Mexiko harbiy gubernatori (1847-1848); Qoʻshma Shtatlar harbiy kotibi (v.v.b, 1850-yil 24-iyul — 1850-yil 15-avgust)[82] AQSH prezidentligiga nomzod (1852). Kongress oltin medali bilan taqdirlangan (1814[83] ava 1848).[83] |
IBN $500 [Ikki yil] (1861-yil) |
1861-yil | |
[84] | William Henry Seward16-May 1801-yil | 16-Oktabr 1872-yil | Shtat Senatori (Nyu-York, 1831-1834);Gubernator (Nyu-York, 1839-1843); Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Nyu-York, 1849-1861);[85] Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi (1861-69) AQSH prezidenti Lincoln otib oʻldirilgan kecha Sewardni ham oʻldirishga harakat qilishgan.[86] |
TN $50 (1891-yil) |
1891-yil | |
[87] | Philip Henry Sheridan6-Mart 1831-yil | 5-Avgust 1888-yil | Amerika armiyasi generali (1853-88); Amerika fuqorolar urushi, Hindiston urushi qatnashchisi. Kongress maqtoviga sazovor boʻlgan (1865)[87] |
SC $5 (1896-yil, revers) |
1890-yil | |
[88] | John Sherman10-May 1823-yil | 22-Oktabr 1900-yil | AQSH vakillik palatasi deputati (Ogayo, 1855-1861); ASH senatori (Ogayo, 1861-1877 va 1881-1897); AQSh Senatining vaqtinchalik prezidenti (1885-1887)[89] AQSH moliya vaziri (1877-81); AQSH Davlat kotibi (1897-1898).
NBN $50 (1902-yil) |
1902-yil | ||
[90] | William Tecumseh Sherman8-Fevral 1820-yil | 14-fevral 1891-yil | Qoshma shtatlar harbiy kotibi (V. V.B 9-Sentabr 1869 yil — 18-Oktabr 1869-yil);[89] AQSH armiyasi generali (1869-83), Amerika fuqorolar urushi, Hindiston urushi ishtirokchisi .Kongress maqtoviga sazovor boʻlgan (1864[91] va 1865).[91] |
TN $500 (1891-yil) |
1891-yil[92] | |
[93] | Edwin McMasters Stanton19-Dekabr 1814-yil | 24-Dekabr 1869-yil | AQSH bosh prokurori (1860-61); AQSH harbiy kotibi (1862-68); AQSH oliy sudi sudyasi (1869-yilda lavozimiga kirishgunga qadar vafot etgan).[93] |
TN $1 (1890-yil) |
1890-yil | |
[94] | Charles Sumner6-Yanvar 1811-yil | 11-Mart 1874-yil | AQSH senatori (Massachusetts, 1851-1874). |
SC $500 (1878-yil) |
1878-yil | |
[95] | George H. Thomas31-Iyul 1816-yil | 28-Mart 1870-yil | AQSH armiyasi general mayori (1864-70), AQSH armiyasida xizmat qilgan (1840-70); Meksika Amerika urushi, Amerika fuqorolar urushi qatnashchisi. Kongressga minnatdorchiligini olgan (1865).[96] |
TN $5 (1890-yil) |
1890-yil | |
[97] | George Washington22-Fevral 1732-yil | 14-Dekabr 1799-yil | AQSH asosochilaridan biri; Virjiniya deputati (1758-1775);[98] Kontinental kongress delegati (1774-1775); Qitʼa armiyasining bosh qoʻmondoni (1775-1783),[99] AQSH Konstitutsiyaviy konventsiyasi aʼzosi (1787); AQSh prezidenti (1789-1797);General-leytenant, Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi qoʻmondoni (1798-1799)[100] |
LT $1 (1869-yil) |
1861-yil | |
[101] | Martha Washington2-Iyun 1731-yil | 22-May 1802-yil | AQSHning birinchi xonimi (1789-1797). |
SC $1 (1886-yil) |
1886-yil | |
[102] | Daniel Webster18-Yanvar 1782-yil | 24- Oktabr 1852-yil | AQSH vakillik palatasi deputati (Nyu-Xempshir, 1813-1817); AQSh vakillik palatasi deputati (Massachusets, 1823-1827); AQSH Senatori (Massachusets, 1827-1841 va 1845-1850); Prezidentlikka nomzod (1836); AQSH Davlat kotibi (1841—1843 va 1850—1852).[103] |
LT $10 (1869-yil) |
1869-yil | |
[104] | Woodrow Wilson28-Dekabr 1856-yil | 3-Fevral 1924-yil | Gubernator (Nyu Jersi, 1911-13); AQSH prezidenti (1913-1921). Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori (1919).[105] |
SSN $100,000 (1934-yil) |
1934-yil | |
[106] | William Windom10-May 1827-yil | 29-Yanvar 1891-yil | Shtat vakillik palatasi deputati (Minnesota, 1859-69); AQSH senatori (Minnesota, 1870-1871, 1871-1881 va 1881-1883); AQSH moliya vaziri (1881, 1889—1891)[104]. |
SC $2 (1891-yil) |
1891-yil | |
[107] | Silas Wright, Jr.24-May 1795-yil | 27-Avgust 1847-yil | AQSH vakillik palatsi deputati (Nyu York 1827-1829 va 1829-1830); AQSH senatori (Nyu York, 1833-1844); Gubernator (Nyu York, 1845-1847). |
GC $50 (1882-yil) |
1882-yil |
Sarlavhalar/lavozimlarning qisqacha mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida 1861-yildan hozirgi kungacha AQSH banknotlarida tasvirlangan 53 nafar shaxsning u yoki bu vaqtda egallagan unvonlari/lavozimlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Lavozimlar roʻyxati toʻliq emas, lekin markaziy saylangan federal va shtat amaldorlari, Prezident kabineti aʼzolari, harbiy arboblar va Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumatining bir qancha asoschilari va yaratuvchilarini qamrab olgan.
53 nafar shaxs kamida 132 ta tayinlangan lavozimlarni egallab, jami 763 yildan ortiq davlat xizmatida ishlagan.
Position/title | No. people |
---|---|
AQSH prezidenti | 13 |
Vitse prezident | 2 |
Palata speakeri | 1 |
AQSh senati vaqtincha prezidenti | 1 |
AQSH davlat kotibi | 11 |
AQSH moliya vaziri | 8 |
AQSH harbiy kotibi | 3 |
Prokuror | 1 |
AQSH senatori | 20 |
AQSH Vakillik palatasi aʼzosi | 17 |
Shtat senatori | 6 |
Shtat vakillik palatasi deputati | 11 |
Gubernator | 15 |
AQSH kontinental kongress delegati | 7 |
AQSH mustaqillik deklaratsiyasi imzolovchisi | 3 |
AQSH konstitutsion konvensiya aʼzosi | 5 |
General | 6 |
AQSH oliy sudi sudyasi | 2 |
AQSH dollari iqtisodiyotda oʻrni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika Qoʻshma Shtatlari dollari (inglizcha United States dollar, MPA: [jʊˌnaɪ.tɪd ˈsteɪts ˈdɑlɚ]) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining pul birligi, dunyoning asosiy zaxira valyutalaridan biri. 1 dollar = 100 sent. Ingliz matnlarida ramziy belgi: $Harf valyuta kodi: USD. AQSHda markaziy bank funksiyalarini bajaradigan Federal rezerv tizimi pul chiqarish huquqiga ega.
AQSH dollari boshqa baʼzi mamlakatlarda ham milliy valyuta maqomiga ega (masalan, Marshall orollari, Salvador). Aynan AQSh dollari koʻpincha milliy valyuta yagona qonuniy toʻlov vositasi boʻlmagan mamlakatlarda qoʻshimcha (parallel) valyuta hisoblanadi.
Jahon savdo aylanmasining 80% dan ortigʻi AQSH dollariga toʻgʻri keladi[108].
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, SWIFT tizimidagi banklararo aylanmada 2013-yilning mayidan 2014-yilning mayigacha boʻlgan davrda AQSh dollarining ulushi 42 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, yevroning ulushi (shu davr uchun) 32%, yuan 1,47%, Rossiya rubli 0,35%[109].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Laws of the United States Relating to Loans and the Currency. Including the Coinage Acts. Compiled by the Treasury Department. — Washington, D. C.: U. S. Government Publishing Office, 1878.
- ↑ https://www.moneyfactory.gov/faqlibrary.html
- ↑ Pri etom akti kongressa, kasayuщiesya razmeщeniya chix-libo portretov na banknotax, prevaliruyut nad resheniyami ministerstva
- ↑ https://www.moneyfactory.gov/faqlibrary.html
- ↑ "Laws of the United States Relating to Loans and the Currency Including the Coinage Acts". Treasury Department, p. 128.
- ↑ Po umolchaniyu ukazivaetsya, chto portreti subʼektov izobrajeni na litsevix storonax banknot. V sluchae izobrajeniya portreta na oborotnoy storone, v dannoy grafe budet stoyat pometka „oborot“.
- ↑ Large size notes represent the earlier types or series of U. S. banknotes. Their „average“ dimension is 7.375 x 3.125 inches (187 x 79 mm). Small size notes (described as such due to their size relative to the earlier large size notes) are an „average“ 6.125 x 2.625 inches (156 x 67 mm), the size of modern U. S. currency. "Each measurement is +/- 0.08 inches (2mm) to account for margins and cutting
- ↑ https://books.google.ru/books?id=eMFWoWl2UYkC&printsec
- ↑ Clicking on the majority of the portraits will reveal the entire note.
- ↑ Treasury Collection Highlights: Part 1, The National Currency Foundation, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ IAD (Initial Appearance Date) indicates each individual’s earliest appearance on the scope of U. S. banknotes covered by this list.
- ↑ Adams, John Quincy, (1767–1848), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 6.
- ↑ Benton, Thomas Hart, (1782–1858), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Chase, Salmon Portland, (1808–1873), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ William Clark informs Indian nations that the U.S. has won the war., Wisconsin Historical Society, qaraldi: 1 January 2013
- ↑ Kansas Historical Quarterly - William Clark's Diary, Kansas Historical Society, qaraldi: 1 January 2013
- ↑ Clay, Henry, (1777–1852), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 71.
- ↑ Sobel, p. 72.
- ↑ Clinton, De Witt (1769–1828), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 7 February 2013
- ↑ Clinton, DeWitt, (1769–1828), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ The Biography of the Principal American Military and Naval Heroes, Applewood Books, Bedford MA, September 2009, ISBN 9781429021715, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Everett, Edward, (1794–1865), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 229.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 Eicher, John H. & David J., p. 230.
- ↑ Fessenden, William Pitt, (1806–1869), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 124
- ↑ Although the $20 1882 Date Back and Value Back National Bank Notes carry a series date of 1882, they were not issued/released until the late 1880s to early 1890s
- ↑ Franklin, Benjamin, (1706–1790), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Robert Fulton: A Symbol of the American Dream, Fordham University, 2013-02-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Gallatin, Albert, (1761–1849), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 139.
- ↑ Garfield, James Abram, (1831–1881), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 140.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 247.
- ↑ „A Great Nation in Grief“ (PDF), The New York Times, 3 July 1881, qaraldi: 22 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 264.
- ↑ Sobel, p. 153.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 265.
- ↑ Hamilton, Alexander, (1757–1804), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Heitman, p. 269.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 275.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 276.
- ↑ Harrison, Benjamin (1833–1901), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 281.
- ↑ Hendricks, Thomas Andrews, (1819–1885), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 172.
- ↑ Egle, William Henry; Hillegas, M. (1888), „Michael Hillegas“, The Pennsylvania Magazine of History and Biography, 11 (4): 406–409, JSTOR 20083226
- ↑ Jackson, Andrew, (1767–1845), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Life and Death in the White House, National Museum of American History, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Jefferson, Thomas, (1743–1826), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Knox Family, Rutherford B. Hayes Presidential Center, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ John Jay Knox, Office of the Comptroller of the Currency, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Lewis & Clark, National Park Service, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Lewis and Clark: The Journey Ends, Smithsonianmag.com, qaraldi: 1 January 2013
- ↑ Lincoln, Abraham, (1809–1865), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 232.
- ↑ „President Lincoln Shot by an Assassin“, The New York Times, 15 April 1865, qaraldi: 22 December 2012
- ↑ Madison, James, Jr. ,(1751–1836), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 361.
- ↑ Marcy, William Learned, (1786–1857), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 241.
- ↑ Marshall, John, (1755–1835), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Heitman, p. 381.
- ↑ Sobel, p. 249.
- ↑ McKinley, William, Jr., (1843–1901), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 254.
- ↑ „Nation Grieves at Loss of President“ (PDF), The New York Times, 15 September 1901, qaraldi: 22 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 381.
- ↑ „The Dead of 1864“, The New York Times, 29 January 1865, qaraldi: 22 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 382.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 383.
- ↑ Monroe, James, (1758–1831), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Heitman, p. 396.
- ↑ Heidler, David S. and Jeanne T. (2004). Encyclopedia of the War of 1812. Naval Institute Press. Annapolis, MD. ISBN 1-59114-362-4. P. 16.
- ↑ Morris, Robert, (1734–1806), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Samuel F.B. Morse Papers, The Library of Congress, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Inventor of the Week – Samuel F.B. Morse, Lemelson-MIT, 19 February 2003da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Kennicott, Philip (5 July 2011), „Samuel Morse's painting "Gallery of the Louvre" on display at National Gallery“, The Washington Post, 1 July 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6 January 2013
{{citation}}
: More than one of|archivedate=
va|archive-date=
specified (yordam); More than one of|archiveurl=
va|archive-url=
specified (yordam) - ↑ Eicher, John H. & David J., p. 473.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 474.
- ↑ 83,0 83,1 Eicher, John H. & David J., pp. 473-474.
- ↑ Seward, William Henry, (1801–1872), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 326.
- ↑ „The Attempt to Assassinate Seward“ (PDF), The New York Times, 14 March 1909, qaraldi: 6 January 2013
- ↑ 87,0 87,1 Eicher, John H. & David J., p. 481.
- ↑ Sherman, John, (1823–1900), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ 89,0 89,1 Sobel, p. 328.
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 482.
- ↑ 91,0 91,1 Eicher, John H. & David J., p. 484.
- ↑ The $500 1891 Treasury Note was designed, plates engraved, and proof certified and approved by the Bureau of Engraving and Printing. However, the issue was never released/circulated.
- ↑ 93,0 93,1 Sobel, p. 339.
- ↑ Sumner, Charles, (1811–1874), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Eicher, John H. & David J., p. 525.
- ↑ Eicher, John H. & David J., pp. 525-526.
- ↑ Washington, George, (1732–1799), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ House of Burgesses, 4 January 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1 January 2013
- ↑ Heitman, p. 571.
- ↑ Sobel, p. 375.
- ↑ First Lady Biography: Martha Washington, National First Ladies' Library, 2012-06-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30 December 2012
- ↑ Webster, Daniel, (1782–1852), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Sobel, p. 378.
- ↑ 104,0 104,1 Sobel, p. 391.
- ↑ All Nobel Peace Prizes, Nobelprize.org, qaraldi: 6 January 2013
- ↑ Windom, William, (1827–1891), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ Wright, Silas, Jr., (1795–1847), Biographical Directory of the United States Congress, qaraldi: 29 December 2012
- ↑ https://echo.msk.ru/programs/beseda/1325270-echo/
- ↑ https://www.bloomberg.com/news/articles/2014-07-06/putin-s-land-grab-undermines-global-ambition-for-ruble
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eicher, John H. and David J. (2001). Civil War High Commands Stanford, CA, Stanford University Press. ISBN 0-8047-3641-3.
- Friedberg, Arthur L. and Ira S. (2010). Paper Money of the United States, 19th Edition. Clifton, NJ, The Coin & Currency Institute, Inc. ISBN 0-87184-519-9.
- Heitman, Francis B. (1914). Historical Register of Officers of the Continental Army During The War of the Revolution. Washington, DC, The Rare Book Shop Publishing Company, Inc.
- Sobel, Robert, (ed.) (1990). Biographical Directory of the United States Executive Branch 1774-1989. Westport, CT, Greenwood Press. ISBN 0-313-26593-3.