Kontent qismiga oʻtish

Aʼlo odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridrix Nitsshe, 1885-yil

Aʼlo odam yoki Oliy odam (nemischa: Übermensch , nemischa talaffuzi: [ˈʔyːbɐmɛnʃ]) – Fridrix Nitsshening „Zardoʻsht tavallosi“ asarida[1] oʻz irodasi va kuch-qudrati bilan zamonaviy odamdan xuddi inson maymundan oʻzib ketganidek oʻzib ketishi tasvirlangan obraz. Aʼlo odam, Nitsshe gipotezasiga koʻra, odam turi tarixidagi qonuniy bosqich boʻlib, hayotning vital affektlarni oʻzida namoyon qiladigan mavjudotdir. Aʼlo odam radikal egotsentrik boʻlib, hayotning eng ekstremal koʻrinishlarida qabul qiladi va uning qudratli irodasi tarixiy rivojlanish vektorini belgilaydi.

Aʼlo odamning antipodi sifatida Nitsshe hayotdan charchagan, xavfdan qochadigan va faqatgina qulaylik va xavfsizlik izlaydigan oxirgi odamni koʻradi. Oxirgi odamlar jamiyatida hukmdor va tobeʼlar, kuchli va zaiflar, eng zoʻrlar va oddiylar oʻrtasida farq yoʻqolgan. Ijtimoiy nizolar va muammolar minimal darajada. Har bir odam bir xil hayot kechiradi va „yuzaki“ garmoniyada yashaydi.

Yerga topinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nitsshe Aʼlo odam tushunchasini nasroniylikning narigi dunyo tushunchasiga qarshi qoʻyadi: Zardoʻsht yerdagi hayotga maʼno berish uchun ning irodasini eʼlon qiladi va oʻz tinglovchilarini yerdan chetlatish uchun ulugʻvorlik vaʼda qilayotganlarni eʼtiborsiz qoldirishga chaqiradi[2][3].

Zardoʻsht yana nasroniycha bu dunyodan chiqish yerdagi tandan ajratilgan abadiy jonni yaratilishini talab qilganligini taʼkidlaydi. Bu tanani rad etish va uni oʻldirishga, yoki asketizmga olib keldi. Zardoʻsht Aʼlo odamni tana bilan bogʻlaydi va ruhni tanaga tegishli bir aspekt deb interpretatsiya qiladi[4].

Xudoning oʻlimi va yangi qadriyatlarni yaratish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zardoʻsht Aʼlo odamni Xudoning oʻlimi bilan bogʻlaydi. Xudo konsepsiyasi eng yuqori darajadagi olamdan tashqari qadriyatlarni va ularni asosidagi instinktlarni ifoda etgan boʻlsada, Xudoga boʻlgan ishonch muayyan vaqtda hayotga maʼno bergan. Xudoning oʻlimi endi Xudo gʻoyasi qadriyatlarni taʼminlay olmasligini anglatadi. Nisshe bu muhim paradigmani oʻzgartirishni qadriyatlarni qayta baholash deb ataydi[5].

Platonik idealizm yoki asketizmning qayta paydo boʻlishidan qochish uchun yangi qadriyatlarni yaratish eski qadriyatlarni yaratgan instinktlar bilan ruhlanmasligi kerak. Bundan tashqari ular bu dunyo va hayotga boʻlgan muhabbat bilan sugʻorilishi kerak. Nitsshe nasroniy qadriyatlar tizimini hayotga qarshi shuning uchun ham maʼlum bir maʼnoda vayron qiluvchi reaksiya sifatida baholagan boʻlsa, Aʼlo odam masʼul boʻlgan yangi qadriyatlar hayotni tasdiqlovchi va yaratuvchi boʻladi. Bu yangi qadriyatlar toʻplamini amalga oshirib, Aʼlo odam barcha inson toʻsiqlarini yengib, mukammalga aylanadi[5].

Aʼlo odam maqsad sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zardoʻsht birinchi marta Aʼlo odamni insoniyat oʻz oldiga qoʻyishi mumkin boʻlgan maqsad sifatida eʼlon qiladi. Inson hayotining butun maʼnosi u yangi odamlar avlodini qanday qilib ilgari surishiga qarab belgilanadi. Masalan, ayolning intilishi — Aʼlo odamni tugʻish; uning erkaklar bilan munosabatlari ushbu standart boʻyicha baholanadi.[6]

Zardoʻsht Aʼlo odamni insoniyat oʻz oldiga muqobil maqsad qilib qoʻyishi mumkin boʻlgan egalitar zamonaviylikning chirib borayotgan oxirgi odamiga qarama-qarshi qoʻyadi. Oxirgi odam faqat “Zardoʻsht tavallosi” asarida paydo boʻladi va Aʼlo odam ruhiga qarshi boʻlgan boʻgʻuvchi intilish sifatida namoyon boʻladi.

Ryudiger Safranskiyning fikricha, baʼzi izohlarda Aʼlo odam konsepsiyasini yevgenik dasturlar bilan bogʻlaydilar.[7]

Aʼlo odam konsepsiyasi yetarli darajada ambivalentdir. Nitsshe ushbu konsepsiyaning darvinistik tafsirini rad etgan boʻlsa ham, uning koʻplab asarlarida ijtimoiy darvinizm va yevgenikaga yaqin boʻlgan fikrlar uchraydi. Masalan, “Axloq geneologiyasiga” asarida Nitsshe insoniyatni massa sifatida birgina kuchliroq mavjudotning rivojlanishi uchun qurbon qilish mumkinligini yozadi. Maqsad — Yevropada hukmronlik qilishga moʻljallangan hukmdorlar kastasini yaratishdir. Nihoyat, “Ecce Homo” asarida u insonlarni ʼʼyaxshilashʼʼ va barcha “chiriyotgan” va “parazit” unsurlarlarni yoʻq qilish vazifasini oladigan “Hayot partiyasi” haqida gapiradi.

Ryudiger Safranskiyning fikricha, Aʼlo odam sunʼiy seleksiya yoʻli bilan erishilgan biologik turning eng yuqori namunasidir va shu bilan birga inson potensialining burun spektri hamda yaxshilik va yomonlikni oʻzlashtirish va “ijodkor-tiran” boʻlishga qodir boʻlish uchun yetarlicha ijodkor va kuchli har bir insonning idealidir.

  1. Фридрих Ницше. „Gutenberg, THUS SPAKE ZARATHUSTRA“ (en). Project Gutenberg (декабрь 1999). — „"When Zarathustra was thirty years old, he left his home and the lake of his home, and went into the mountains. -- Liest thou not in a sky-blue lake of happiness? — Ye wags, answered Zarathustra, and smiled, how well did ye choose the simile! -- What is great in man is that he is a bridge and not a goal. What is lovable in man is that he is an OVER-GOING and a DOWN-GOING. -"“.
  2. Yuliy Antonovskiy (2012), 44-bet — Перевод пролога Заратустры: «Я люблю тех, кто не ищет за звездами основания, чтобы погибнуть и сделаться жертвою, — а приносит себя в жертву земле, чтобы земля некогда стала землею Сверхчеловека».
  3. Fridrix Nitsshe (1885) – 4-bet, ilk nashr – „Ich liebe die, welche nicht erst hinter den Sternen einen Grund suchen, unterzugehen und Opfer zu sein: sondern die sich der Erde opfern, dass die Erde einst des Übermenschen werde“.
  4. Nietzsche, Friedrich (2003). Thus Spoke Zarathustra. London, Penguin Books. 61-bet, ISBN 978-0-140-44118-5.
  5. 5,0 5,1 Loeb, Paul. ʼʼFinding the Übermensch in Nietzscheʼs Genealogy of Moralityʼʼ, ʼʼJournal of Nietzsche Studiesʼʼ. ʼʼʼ42-4ʼʼʼ: 77 – EBSCO Host orqali.
  6. Thus Spoke Zarathustra, I.18; Laurence Lampert, Nietzsche’s; Stanley Rosen, Mask of Enlightenment, 118.
  7. Ryudiger Safranskiy. Ницше: Биография его мысли. / пер. с нем. И. Эбаноидзе. — Moskva, Издательский дом «Дело» РАНХиГС, 2016-yil, ISBN 978-7749-1092-2