5sta Family
5sta Family | |
---|---|
5sta Family guruhi Big Love shousida (2018) | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Moskva |
Mamlakat | Rossiya |
Faoliyat yillari | 2004 — hozirgi kungacha |
Janr | Pop, R&B, Hip hop |
Leybl | Zion Music |
Tarkib |
Olga Zasulskaya Valeriy Yefremov Vasiliy Kosinskiy |
Sobiq aʼzolar |
Yulianna Karaulova Anton Radaev Valeriya Kozlova |
Vebsayt | 5sta.ru |
5sta Family (Talaffuzi: fayvsta femili; 2011-yilgacha 5ivesta Family boʻlgan[1]) – rus estrada guruhi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh 2003-yilda ikkita musiqiy loyiha: NB va AzonEning birlashuvi natijasida yaratilgan. Dastlab guruhda 5 kishi bor edi: CoolB, V-kes, Toni, Loya va SANDRIK. Guruhning nomi ham aʼzolari sonidan kelib chiqqan. Guruh aʼzolari V-kes (Vikes), CoolB (Kul B) va Toni (Toni) internetda tanishib qolib, musiqiy guruh tuzishga qaror qilishdi. Keyinchalik ularga vokalchi Olya (Loya) ham qoʻshildi.
5sta Family guruhining birinchi singli „Nochnoy gorod“ qoʻshigʻi hisoblanadi.
2009-yil may oyida 5sta Family 23:45 guruhi bilan birgalikda radioda „Ya budu“ singlini chiqardi. Qoʻshiq radiodagi eng mashhur taronalardan biriga aylandi. U 10 hafta davomida Rossiya radiosi xit-paradining yuqori oʻrinlaridan tushmadi[2]. 2009-yil oxirida qoʻshiq Rossiyada eng koʻp yuklab olingan toʻrtinchi singl boʻldi[3]. 200 ming nusxada sotilgan singl Rossiyada platina sertifikatiga ega boʻldi[4].
Guruhning navbatdagi singli „Zachem?“ 2010-yilda chiqarilgan boʻlib, u ham Rossiya radiolarida birinchi raqamli xitga aylanadi[5].
2011-yil mart oyida Loya jamoani tark etdi va uning oʻrnini „Fabrika zvyozd-5“ shousi ishtirokchisi Yulianna Karaulova egalladi[6]. Oʻsha yilning kuzida guruh tomonidan kuylangan „Tuk-tuk“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi oʻtkazildi[7].
2012-yilda guruhning „Zachem?“ albomi chiqdi[8]. Oʻsha yilning yozida „Vmeste mi“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klip chiqarildi[9] va u Oltin Gramafon mukofotiga sazovor boʻldi. 2013-yil yoz oyining oxirida guruh „Budu s toboy“ va 2014-yilda „Moya melodiya“ singllarini chiqardi.
2015-yil 23-mayda guruh aʼzolari qoʻshiqchi Lera Kozlova guruhning yangi aʼzosi boʻlganini eʼlon qilishdi[10]. Yulianna Karaulova esa bir vaqtning oʻzida yakkaxon karyerasini boshladi. 9-iyul kuni guruh „Metko“ singlini chiqardi. Bu Lera Kozlova ishtirokidagi guruhning birinchi qoʻshigʻi edi[11]. 2015-yil 20-sentyabrda Yulianna Karaulova guruhdan ketishini eʼlon qildi[12]. 1-noyabrdan boshlab, Yulianna Karaulova yakkaxon ijod qilish uchun ketganidan soʻng, Lera Kozlova 5sta Family guruhining yagona solisti boʻlib qoldi. 2015-yil 24-noyabr kuni „Metko“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi boʻlib oʻtdi.
2016-yil 21-yanvarda guruh yangi „Stiraya granitsi“ singlini chiqardi[13]. May oyida esa „Futbolka“ singli chiqdi. Tarona uchun oʻsha oyning oʻzida klip ham suratga olindi[14].
2017-yil 26-yanvarda jamoa „Vezuviy“ singlini taqdim etdi. Oʻsha yilning 28-aprelida „Mnozoetajki“ qoʻshigʻi chiqdi. 2017-yil may oyida Oliy Rada qarori bilan guruhga 7 yil muddatga Ukrainaga sayohat qilish taqiqlangan edi. Noyabr oyida Lera Kozlova boshqa loyihalarda ishtirok etish istagi tufayli guruhni tark etishini eʼlon qildi[15]. 27-noyabr kuni guruhning sobiq solisti Loya jamoaga qaytgani maʼlum boʻldi[16]. 2017-yil 5-dekabr kuni „Snova vmeste“ singlining premyerasi[17], 2018-yilning 2-aprelida esa ushbu qoʻshiq uchun ishlangan klip premyerasi boʻlib oʻtdi.
2018-yil 7-iyunda „Flyaga svistit“ qoʻshigʻi premyera qilindi va 26-iyul kuni uning videoklipi taqdim etildi. 28-sentyabr kuni esa „Membrani“ singli chiqarildi.
2019-yil 9-dekabrda „Perviy sneg“ kompozitsiyasi namoyish etildi[18].
Guruh 2023-yil 14-noyabrda olti oylik tanaffusdan soʻng „Iskri“ klipini premyera qildi[19]. Videoda ijrochilar oʻzlarini yangi rollarda namoyish etishdi.
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olga Zasulskaya
- Valeriy Yefremov
- Vasiliy Kosinskiy
Sobiq aʼzolari
- Yulianna Karaulova
- Anton Radaev
- Valeriya Kozlova
Davr | Aʼzolari | |||
---|---|---|---|---|
2006—2011-yillar | Valeriy Yefremov | Olga Zasulskaya | Vasiliy Kosinskiy | Anton Radaev |
2011—2015-yillar | Yulianna Karaulova | |||
2015—2017-yillar | Valeriya Kozlova | |||
2017—hozirgi kun | Olga Zasulskaya |
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiya albomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Maʼlumotlari | Treklari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Zachem? |
|
|
Rasmiy singllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Singl | Albom |
---|---|---|
2008-yil | „Nochnoy gorod“ | Zachem? |
2009-yil | „Ya budu“ | |
2010-yil | „Zachem?“ | |
„Na rasstoyanii zvonka“ | ||
2011-yil | „Prosipaysya“ | |
„Tuk-tuk“ | ||
2012-yil | „Vmesti mi“ | |
2013-yil | „Budu s toboy“ | Albomga kiritilmagan |
2014-yil | „Moya melodiya“ | |
2015-yil | „Metko“ | |
2016-yil | „Futbolka“ | |
2017-yil | „Mnogoetajki“ | |
„Snova vmeste“ | ||
2019-yil | „Odin na odin“ | |
2020-yil | „Egoistka“ | |
2021-yil | „Alliluyya“ | |
2022-yil | „Nevajno“ | |
„Voysi“ |
Reklama singllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Singl |
---|---|
2010-yil | „Lyubov bez obmana“ (23:45 bilan) |
2013-yil | „Bez uma“ |
„tri slova“ | |
2014-yil | „Tak bivaet“ |
2015-yil | „Nebo v ogne“ |
2016-yil | „Stiraya granitsi“ |
2017-yil | „Vezuviy“ |
2018-yil | „Flyaga svistit“ |
„Membrani“ | |
„Tak bivaet II“ | |
2019-yil | „Pcheli“ |
„Zavyazala“ | |
„Perviy sneg“ | |
2020-yil | „5 minut“ |
„Mimo menya“ | |
„Rave“ | |
2021-yil | „Zachem?“ (Eva Miller bilan) |
"Tyulpani" | |
2022-yil | „Karusel“ |
„Distantsiya“ | |
2023-yil | „Krasnoe vino“ |
Videografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Klip | Jamoa | Rejissyor(lar) | Albom |
---|---|---|---|---|
2008-yil | „Nochnoy gorod“ | Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy, Anton Radaev | Konstantin Cherepkov | |
2009-yil | „Ya budu“ (23:45 bilan) | Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy | Aleks Xamraev | |
2010-yil | „Zachem?“ | Marat Adelshin | ||
„Na rasstoyanii zvonka“ | Konstantin Cherepkov | |||
„Lyubov bez obmana“ (23:45 bilan) | Aleksandr Voytinskiy | Albomga kiritilmagan | ||
2011-yil | „Prosipaysya“ | Frenk Borin | ||
„Tuk-tuk“ | Yulianna Karaulova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy | Alisa Kosmos | ||
2012-yil | „Vmeste mi“ | Ilya Durov | ||
2013-yil | „Budu s toboy“ | Albomga kiritilmagan | ||
2014-yil | „Moya melodiya“ | Darya Belova | ||
2015-yil | „Metko“ | Valeriya Kozlova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy | Stalker Semenovich | |
2016-yil | „Futbolka“ | Igor Shmelyov | ||
2017-yil | „Mnogoetajki“ | Aleksey Malaxov | ||
2018-yil | „Snova vmeste“ | Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy | Elvira T va Aleksey Malaxov | |
2019-yil | „Odin na odin“ | Yefim Bakaev | ||
2020-yil | „Rave“ (Mood Video) | Valeriy Yefremov | ||
2021-yil | „Egoistka“ | Broksh | ||
„Zachem?“ (Eva Miller bilan) (Mood Video) | — | |||
„Alliluyya“ | Aleksey Malaxov | |||
„Tyulpani“ (Mood Video) | Valeriy Yefremov | |||
2022-yil | „Nevajno“ | Jenya Ivanova | ||
„Karusel“ (Mood Video) | ||||
„Voysi“ | VV va Aleksey Malaxov | Albomga kiritilmagan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „5sta Family сменили написание и состав“. InterMedia (2011-yil 29-mart). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „«23:45 & 5sta Family — Я буду» на tophit.ru“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
- ↑ „«2M» — Итоги 2009: Россия — цифровые треки“. 2012-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-yanvar.
- ↑ „«2M» — Россия Top 25 >> 26-2010“. 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-yanvar.
- ↑ „Основные параметры ротации трека на радиостанциях, работающих в системе TOPHIT.RU“. 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-iyun.
- ↑ „5sta Family нашли новую солистку на "Фабрике"“. InterMedia (2011-yil 4-aprel). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „5sta Family сняла «Тук-тук» с новой «секретной» участницей“. InterMedia (2011-yil 5-sentyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „5sta Family сделала «Зачем?»“. InterMedia (2012-yil 18-aprel). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „Солистку 5sta Family в день свадьбы бросил жених“. InterMedia (2012-yil 9-iyun). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „Экс-«ранетка» Лера Козлова вошла в состав 5sta Family“. InterMedia (2015-yil 28-may). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „5sta Family выпустили первый клип с Лерой Козловой (Видео)“. InterMedia (2015-yil 1-dekabr). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Юлианна Караулова прокомментировала свой уход из 5sta Family.“. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-dekabr.
- ↑ „Давай сотрем все границы: премьера новой песни 5sta family“. Nightparty (2016-yil 23-yanvar). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-mart.
- ↑ Юдаева, Настя. „Группа 5sta Family выпустила новый клип «Футболка»“. Cosmo (2016-yil 28-may). 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
- ↑ Lera Kozlova pokidaet gruppu 5sta Family
- ↑ „Лоя вернулась в 5sta Family“. InterMedia (2017-yil 28-noyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „Лоя и 5sta Family «Снова вместе» (Слушать)“. InterMedia (2017-yil 8-dekabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „5sta Family вспомнили про первый поцелуй в снежно-танцевальном сингле (Слушать)“. InterMedia (2019-yil 9-dekabr). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Источник“. 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ „Альбом «Зачем?» в Apple Music“. 2019-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.