500 harakatli oʻyinlar
Muallif(lar) |
Talʼat Usmonxoʻjayev Asqar Tolipjonov |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | jismoniy tarbiyadan qoʻlanma |
Nashr etilgan sanasi | 2011-yil, 2014-yil |
Nashriyot | Bekinmachoq-Plyus |
Sahifalar soni | 280 |
ISBN | ISBN 978-9943-324-14-5 |
500 harakatli oʻyinlar — Talʼat Usmonxoʻjayev va Asqar Tolipjonov hammuallifligida yozilga kitob. Kitob mavjud boʻlgan 500 harakatli oʻyinlar haqida yozilgan. Har bir harakatli oʻyinlar haqida alohida toʻliq maʼlumotlar taqdim etilgan[1].
Vaqtlar oʻtgani sayin xalq harakatli oʻyinlari, milliy qadriyatlar tobora yoʻqolib ketmoqda. Shu sababli ushbu kitob milliy qadriyatlar, xalq harakatli oʻyinlarini saqlab qolish uchun yozilgan. Mazkur kitob keng qamrovli — ota-onalar, maktab, kollej, oliy oʻquv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari oʻqituvchilari va talabalari, shuningdek, bola tarbiyasiga oʻzlarini masʼul deb bilgan barcha kitobxonlar uchun moʻljallangan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Maʼmura Qutliyeva — muharrir, Sunnat Musamedov — musahhih, Uygʻun Solixov — badiiy muharrir, Feruza Botirova — komputerda sahifalovchi, Surayyo Axmedova — texnik muharrir. Kitobni bosishga 2014-yil 17-noyabrda ruxsat berilgan. Adadi 2000 nusxa. Litsenziya raqami: AI№252.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „500 harakatli oʻuinlar kitobi haqida“. kitobxon.com.